3-mavzu. Talab, taklif, bozor muvozanati, elastiklik reja
Download 88.14 Kb.
|
3-мавзу (1)
3-MAVZU. TALAB, TAKLIF, BOZOR MUVOZANATI, ELASTIKLIK Reja: Talabni aniqlash Narx va talab Talabga ta’sir qiluvchi omillar Taklifning mazmuni Narx va taklif Taklifga ta’sir qiluvchi omillar Bozor iqtisodiyotining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim о‘rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif о‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Bu mavzuda avvalo talab va taklifning har qaysisiga narx ta’sirini alohida-alohida qarab chiqamiz. Keyin talab va taklif ta’sirida muvozanatli narxning о‘rnatilishi tushuntirib beriladi. Bu yerda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular о‘rtasidagi mutanosiblikni tushuntirishga alohida e’tibor beriladi. Shuningdek, mavzuning yakunida talabning shakllanishi va amal qilishi, unga ta’sir etuvchi omillarni о‘rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yо‘nalishlardan biriga aylangan iste’molchi hatti-harakati nazariyasi bilan tanishib chiqamiz.
Talablar turlicha bо‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bо‘lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bо‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (kо‘pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bо‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi. Yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bо‘lib turmaydi, balki о‘zgaruvchan bо‘ladi. Talab miqdorining о‘zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng kо‘p ta’sir qiladigan omil narx omilidir. Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori о‘rtasidagi bо‘ladigan bog‘liqlikni quyidagi 1-jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz. Download 88.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling