3-mavzu. Talab, taklif, bozor muvozanati, elastiklik reja


О‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini о‘zgarishi bilan boshqasiga bо‘lgan talabning о‘zgarishi tо‘g‘ri bog‘liqlikda bо‘ladi


Download 88.14 Kb.
bet4/19
Sana16.11.2021
Hajmi88.14 Kb.
#175228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3-мавзу (1)

О‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini о‘zgarishi bilan boshqasiga bо‘lgan talabning о‘zgarishi tо‘g‘ri bog‘liqlikda bо‘ladi. Masalan, sariyog‘ narxining oshishi margaringa bо‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bо‘lgan talabni kamaytiradi.

О‘zaro bir-birini tо‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini о‘zgarishi bilan boshqasiga bо‘lgan talabning о‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bо‘ladi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bо‘lgan talab qisqaradi. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bо‘lgan talab oshadi.

5. Kelgusida iste’molchi daromadlari, tovar narxi о‘zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bо‘lishi yoki bо‘lmasligi kabi omillar talab hajmini о‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning kо‘payishining kutilishi tovarlarga bо‘lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bо‘ladi.


Taklif tushunchasi. Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx о‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham о‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bо‘ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 5-jadvalda kо‘rsatilgan.

Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini kо‘rsatadi.

Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning о‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining tо‘g‘ri bog‘liqlikdagi о‘zgarishi taklif qonuni deyiladi.


Download 88.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling