3-Mavzu. Tana skeletining tuzilishi


Download 40.5 Kb.
bet6/6
Sana24.11.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1796790
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3.Mavzu.docx

Boldir suyaklari katta va kichik ikkita naysimon suyakdan iborat. Katta boldir suyagi boldirning ichki tomonida joylashg‘an bo‘lib, uning oldingi qirrasi o‘tkirroq bo‘ladi. Suyakning yuqorigi uchi kengayib, son suyagining pastki uchi bilan birikishga moslashgan. Pastki uchi yumaloqlashib, ichki to‘piqni hosil qiladi. Kichik boldir suyagi boldirning tashqi tomonida joylashib, uning yuqorigi uchi yo‘g‘onlashib, katta boldir suyagining yuqori qismiga birikadi. Pastki qismi oyoqning tashqi to‘pig‘ini hosil qiladi va oshiq suyagi bilan birikadi.
Oyoq panjasining suyaklari har xil kattalikdagi 27 ta suyakdan iborat bo‘lib, ular uch guruhga bo‘linadi: tovon suyaklari - 8 ta, shulardan bittasi tizza qopqog‘i suyagidir, oyoq - kaft suyaklari - 5 ta va barmoq suyaklari - 14 ta.
Odam tik yurishga o‘tishi natijasida oyoq suyaklariga tushadigan massaning ortishi va xilma - xil harakatlarning bajarilishi bu suyaklar funksiyasini oshirib, ularning rivojlanishiga va mustahkamlanishiga sabab bo‘lgan.
Nazorat uchun savollar:
1.Bosh suyagining miya qutisi qismi suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?
2.Ponasimon suyak qanday tuzilgan?
3.Tepa suyak qanday tuzilgan?
4.Chakka suyak qanday tuzilgan?
5.Peshona suyak qanday tuzilgan?
6.Bosh suyagining yuz qismi suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?
7.Bosh suyaklari qanday birikkan?
8. Bosh suyagining yoshga xos xususiyatlarini izohlang.
9.Gavda skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan?
10.Umurtqa pog‘onasida suyaklar qanday birikkan?
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling