3-mavzu: tarjimaning leksik-semantik muammolari reja
Faqat bosh harflardan tuzilgan abbreviaturalar
Download 49.47 Kb.
|
3-mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Qisman qisqartirilgan abbreviaturalar
1. Faqat bosh harflardan tuzilgan abbreviaturalar: DTS — Davlat ta’lim standartlari, DTM — Davlat test markazi, YeTTB — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, MDH — Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi kabi.
2. So‘zlarning bo‘g‘inlaridan tuzilgan qisqartmalar: Toshviltrans —Toshkent viloyat transporti kabi. 3. Aralash turdagi qorishiq qisqartmalar: O‘zMU — O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zXDP — O‘zbekistan Xalq demokratik partiyasi, O‘zDfantexin —O‘zbekiston Davlat fan texnika instituti kabi. 4. Qisman qisqartirilgan abbreviaturalar: O‘zdonmahsulot, O‘zdavnashr,O‘zneftgazqurilish, O‘zyog‘moytamakisanoat kabi. 5. Grafik qisqartmalar. Bu tur qisqartmalar faqat yozma nutqda qo‘llanishi bilan boshqa qisqartmalardan farqlanadi. Grafik qisqartmalar turli ko‘rinishlarda mavjud bo‘lib, har bir sohaning egalari uchun tushunarli bo‘ladi. Masalan: dos. — dotsent, akad. — akademik, f.f.n. — filologiya fanlari nomzodi, T. — Toshkent, kg — kilogramm, m - metr kabi. Shuningdek, hamma uchun tushunarli bo‘lmagan xususiy qisqartmalar ham shu ko‘rinishda ko‘proq uchraydi. Yozma nutkda grafik qisqartmalarning so‘zning o‘zak qismidangina iborat bo‘lgan — yunon. — yunoncha, arab. — arabcha, fors. — forscha kabi hamda to‘liqsiz o‘zakdan iborat — ped.— pedagogika, med. — meditsina kabi ko‘rinishlari ham mavjud. Tilning leksikasi nomlash asosida shakllanadi. Leksema predmet, belgi, harakat kabi tushunchalarning tildagi nomi bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda nomlash bilan atash tushunchalari farqlanadi. Bu ko‘proq ot turkumiga oid so‘zlarda uchraydi. Otlar asosan nomlovchi so‘zlardan, qisman atovchi so‘zlardan tarkib topgandir. Masalan: muhabbat — ma’lum bir his-tuyg‘uning nomi sifatida nomlovchi so‘z, atab qo‘yilgan ismni bildirganda esa atovchi so‘zga aylanadi. Abbreviaturalar esa asosan atovchi birliklar sifatida izohlanadi. Atash abbreviaturalarda turli shakllarda namoyon bo‘ladi. U asosan terminologik sistemaga tegishlidir. Turli sohalarga oid atamalarning yuzaga kelishida abbreviaturalar xizmat qiladi. Masalan: 1 ) matbuot va axborotga oid atamalar: O‘zTV, TTV, Teleradiokompaniya; 2) sportga oid atamalar: FIFA, UEFA, MACK — Markaziy armiya sport klubi, O‘zMCh — O‘zbekistan Milliy chempionati kabi; 3) ilmiy va umummadaniy tashkilotlarni bildiruvchi atamalar: O‘zRFA Fanlar Akademiyasi, YuNESKO, YuNISEF kabi; 4) siyosiy partiyalarning, davlat hokimiyati tashkilotlarining atamalari: O‘zXDP - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, IIBB - ichki ishlar bosh boshqarmasi, DAN - Davlat avtomobil nazorati; 5) iqtisodiyotga, ichki va tashqi savdoga oid atamalar: OTB -Osiyo taraqqiyot banki, O‘zMB - O‘zbekiston milliy banki, O‘zdonmahsulot, O‘zmevasabzavotuzum; 6) maorif, xalq ta’limi va san’atga oid atamalar: DTM -Davlat test markazi, DTS — Davlat ta’lim standartlari, OTM - Oliy ta’lim muassasasi, O‘zbeknavo kabi. Abbreviaturalar asosida shakllangan atamalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Bu shuni ko‘rsatadiki, abbreviaturalar tilda turlicha shakllanadigan faol birliklar sanaladi. Xususiy qisaqartmalar ham ko‘plab uchraydi. Bu holat tilda abbreviaturalardan foydalanishni bir muncha qiyinlashtirib qo‘ymokda. Noo‘xshov, o‘qish qiyin bo‘lgan abbreviaturalar ham uchrab turadi. Shuning uchun har bir soha atamalari kabi sohaga oid abbreviaturalar ham qo‘llanib turilishi kerak. O‘ta xususiylashib ketgan qisqartmalarga esa yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Tilning semantik xususiyatlari, ularning qo’llanishi, bosh qa so‘zlar bilan birika olish va bog’lanish imkoniyatlari, tilning leksik tizimida «joylashish» o’rni turli tillarda o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, doim ham mos kelavermaydi. Ikki til orasidagi semantik tafovutning hamma holatlarini birdek qamrab olish mumkin bo’lmaganligi sababli, biz uni tipik xususiyatlariga qarab o’rganamiz. Ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik muvofiqlik turlari quyidagicha tasniflanishi mumkin: 1. To‘liq leksik muvofiqlik. 2. Qisman leksik muvofiqlik. 3. Umuman mos kelmaslik. 4. To‘liq leksik muvofiqlik. Download 49.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling