3-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyat (4 soat) 1-ma’ruza. Tashqi iqtisodiy faoliyat


Download 36.24 Kb.
bet10/12
Sana18.11.2023
Hajmi36.24 Kb.
#1783443
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-mavzu (1)

3.2-ma’ruza:
3. Xalqaro savdo bitimlarini tuzish va foydalanish amaliyoti.
Xalqaro savdo bitimlari, tomonlarning soni vas hart sharoitlari, tarixiy kelishuvlar, mintaqalar joylashuvi nuqtai nazaridan turlicha bo‘lishi mumkin. Xalqaro savdo bitimlarida yirik tashkilotlar savdoni tartibga solish va kafolatlashda ishtirok etadi. Masalan eng mashhur va ta’siri katta tashkilot bu Butunjahon Savdo tashkiloti (WTO) bo‘lib, bugungi kundagi aksariyat rivojlangan davlatlar savdo aloqalarini tartibga solishda ishtirok etmoqda. O‘zaro savdo aloqalarida qabul qilingan tariflar va to‘siqlar bo‘yicha kelishuv GATT amal qiladi. Jahon tajribasida bugungi kunda ko‘lami va masshtabiga ko‘ra va ishtirokchilar soniga ko‘ra savdo bitimlari quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
Bir tomonlama tuzilgan savdo bitimlari (Unilateral agreements). Bunda ko‘proq bir davlatning tashabbusi bilan tuzilgan bitim bo‘lib, bunda ushbu davlat tomonidan Tovar va xizmatlarni yetkazib berish, eksport qilish masalalari keltirilgan bo‘ladi. Bu asosan, xomashyo eksport qiluvchi yoki strategic zaruriy tovarlar uchun ko‘proq amal qiladi.
Ikki tomonlama tuzilgan savdo bitimlari (Bilateral agreements). Bunda ikki davlat ishtirokidagi bitim tuzilib, unda ikki tomonning manfaatlari aks etadi. Shuningdek, bunda eksport va import masalalarida tariflardan voz kechish yoki o‘zaro kelishilgan darajada tariff yoki bazi to‘siqlarnigina qo‘llashga ruxsat etiladi. Maqsad ikki tomon uchun ham foydali bitim bo‘lishida, va iloji boricha erkin va to‘siqlarsiy bitimni amalga oshirishda.
Ko‘p tomonli savdo bitimlari (Multilateral agreements). Bu savdo bitimida bugungi kunda eng ko‘p muhokama qilinadigan iqtisodiy uyushmalar va hamkorlik aloqalari bilan bog‘liq. Bunda ikkitadan ortiq bo‘lgan, bazan o‘nlab va undan ham ko‘p davlatlar hamkorligi va savdo manfaatlari turadi. Misol sifatida NAFTA – Shimoliy amerika erkin savdo bitimi, EU- Yevropa Ittifoqi, APEC- Osiyo tinch okeani hududi iqtisodiy hamkorligi kabi kelishuvlarni keltirish mumkin. Ko‘p tomonlama kelishuvlar murakkab jarayon bo‘lib, u yoki bu tarzdagi xalqarro kelishuvlar, hujjatlar bilan tartibga solinishni taqozo etadi.
Ikki yoqlama hisob tizimi to‘lov kelishuvida ishtirok etuvchi mamlakatlarning markaziy banklarida kliring hisob-kitobini amalga oshirish uchun maxsus hisob-raqamlari ochilishini nazarda tutadi.
Yagona hisob tizimi barcha hisob-kitoblarni amlaga oshirish uchun mamlakatlardan biridagi bankda (yoki bir nechta bankda) maxsus hisob raqami (yoki hisob raqamlari) ochilishini nazarda tutadi. Ikki yoqlama hisob tizimi ko‘proq qo‘llanadi. Kliring kelishuvlari eksportchi firmalar bilan barcha hisob kitoblarni faqat milliy vallyutada amalga oshirishga imkon beradi (eksportchi etkazib berilgan tovar uchun to‘lovni kliring hisob-kitoblarini bajaruvchi bankdan milliy valyutada oldai, importchi esa shu bankka kliring bo‘yicha olingan tovarlar uchun to‘lovni milliy valyutada to‘laydi). Kliring kelishuvlarining asosiy kamchiligi kliring bo‘yicha eksportdan olingan mablag‘lar faqatgina tovar eksport qilingan mamlakat hududida tovar sotib olish mumkinligida namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy sharoitlarda banklararo kliring keng tarqalgan bo‘lib, u naqd pul bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan balans summasi minimal bo‘lishini ta’minlaydi. Banklar o‘rtasida o‘zaro talablarni hisobga olgan holda sistematik hisob-kitoblarni amalga oshirish zarurati hisob-kitob palatasi (clearing house) nomini olgan maxsus institutlarning yaratilishiga olib keladi. Xalqaro marketignda bank xizmatlari ahamiyati nihoyatda yuqori. Umuman moliyaviy xizmat turlarining rivojlanganligi bu xalqaro bozordagi faoliyatning amalga oshirishdagi muhim faktorlardan biridir. Aynan moliyaviy institular faoliyati xalqaro kompaniyalarni bozorlarga kirishi, investitsiya tarzida mablag‘lar yotqizishi jarayonlari uchun katta ahamiyatga ega.

Download 36.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling