3-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyat (4 soat) 1-ma’ruza. Tashqi iqtisodiy faoliyat


Download 36.24 Kb.
bet9/12
Sana18.11.2023
Hajmi36.24 Kb.
#1783443
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-mavzu (1)

28-modda. Erkin iqtisodiy zonalar
O‘zbekiston Respublikasining hududida erkin iqtisodiy zonalar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatning alohida tartibi (bojxona, valyuta, soliq va boshqalar) o‘rnatilishi mumkin bo‘lib, u erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solib turiladi.
29-modda. Erkin savdo
O‘zbekiston Respublikasi bojxona bojlari, soliqlar va ularga teng kuchga ega bo‘lgan yig‘imlarni bekor qilishga, tovarlarni eksport va import qilishning miqdoriy cheklovlariga, tovarlarning erkin harakat qilishi yo‘lidagi boshqa to‘siqlarni bekor qilishga qaratilgan erkin savdo to‘g‘risida xorijiy davlatlar bilan xalqaro shartnomalar tuzishi mumkin.
30-modda. Nizolarni hal qilish
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan nizolar shartnomada nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi. Shartnomada nizolarni hal qilishni tartibga soluvchi qoidalar bo‘lmagan taqdirda, qo‘llaniladigan huquq va hal qilinadigan joy xalqaro xususiy huquqning umum e’tirof etilgan normalariga muvofiq belgilanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan nizolari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
31-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyatda xalqaro savdo bitimlari.
Xalqaro marketing bevosita xalqaro savdo aloqalari bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Xalqaro ssavdo bu xalqaro aloqalarning negizini tashkil qiluvchi munosabatlar hisoblanadi. Xalqaro savdo aynan xalqaro bozorning taraqqiy etishi va kengayib borishidagi muhim omil sirasiga kiradi. Xalqaro savdosiz bugun biror mamlakat iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishi imkonsiz deyish mumkin. Aynan xalqaro savdoni tartibga solish va amalga oshirish, tomonlarning manfaatlarini ta’minlash va kafolatlashga erishishda xalqaro savdo bo‘yicha bitimlarning ahamiyati katta. Korxona xalqaro faoliyatini tashkil etishning asosiy shakllaridan biri xalqaro savdo bo‘lib, u eksport va import hajmi, savdo aylanmasi, savdo saldosi bilan tavsiflanadi. Xalqaro bozorda tovarlar oldi-sotdisi tovarni pul mablag‘lariga yoki boshqa narsaga ayirboshlashni nazarda tutadi va bitim xarakteriga ega bo‘ladi. Xalqaro savdoda bitim bu — bozor sub’yektlarining yaxshi tushunilgan, maqsadli yo‘naltirilgan va irodali harakatlari bo‘lib, ularni amalga oshirar ekan, bozor sub’yektlari belgilangan huquqiy natijalarga erishishga intiladilar. Xalqaro savdoda bitimlarni bir qator belgilarga ko‘ra quyidagi turlarga taqsimlash mumkin:
oldi-sotdi bitimlari;
tovar ayirboshlash bitimlari;
barter bitimlari;
Yetkazib berish xizmatlari.
Xalqaro bitimlar vaqt ko‘rsatkichlariga ko‘ra quyidagi turlarga taqsimlanadi:
uzoq muddatli; qisqa muddatli; muddatsiz; darhol etkazib berish shartli bitimlar.


Xalqaro bitimlarni tomonlar o‘rtasida huquq va majburiyatlar taqsimlanishiga ko‘ra quyidagicha taqsimlash mumkin:
bir tomonlama; ikki tomonlama; ko‘p tomonlama.
Xalqaro savdo valyuta operasiyalari (bitimlari) bilan bog‘liq, chunki bir savdogarning valyutasi ikkinchi savdogar uchun xorijiy valyuta hisoblanadi. Valyuta operasiyalari ikkita valyuta nisbatidan iborat bo‘lgan valyuta kurslari bo‘yicha amalga oshiriladi. Valyuta kursi turli xil milliy valyutalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish, ularni taqqoslash va operasiyalarni amalga oshirshga imkon beradi. Valyuta kursi doimiy emas, ya’ni bir valyuta turi pasayib borsa, ikkinchisining kursi o‘sadi. Valyuta kursining tebranishiga ta’sir ko‘rsatuvchi bir qancha omillar mavjud bo‘lib, ular talab va taklifga bog‘liq bo‘ladi. Valyuta kursini aniqlash uchun to‘g‘ri va teskari kotirovkadan foydalanish mumkin. Savdo bitimlarini tuzish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish har qanday iqtisodiy hamkorlik va savdo aloqalarini rivojlanishida muhim bosqichdir. Xalqaro marketing aynan shu bosqichga e’tibor beradi.
O‘zbekiston uchun yangi hisoblanayotgan Yevro Osiyo Iqtisodiy Ittioqini keltirish mumkin. Xalqaro marketingning vazifasi, bizneslar uchun ushbu ittifoqning foydalari, afzal jihatlari, bozor imkoniyatlarini aniqlash, tadqiq etishdan iborat.Birinchi savol quyidagicha bo‘lishi mumkin: O‘zbekistonda mavjud maxalliy bizneslar uchun, yirik kompaniyalar uchun ham birdek ahamiyatli hisoblanadi.


Download 36.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling