3 Mavzu: Tekis tom uchun yengil betonlar asosidagi issiqlik izolyatsiyasi qatlamining qalinligini aniqlash


Download 82.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana07.04.2023
Hajmi82.73 Kb.
#1339297
  1   2   3   4   5


 
3 Mavzu: Tekis tom uchun yengil betonlar asosidagi issiqlik 
izolyatsiyasi qatlamining qalinligini aniqlash. 
 
Tom qoplamasi uchun o‘rama materiallar sifatida karton yoki shisha mato 
asosida tayyorlanadigan va maxsus qorishmalarni shimdirish yo‘li bilan 
tayyorlanadigan 
materiallar 
ishlatiladi. 
O‘rama 
materiallar 
bog‘lovchining 
turiga 
ko‘ra 
bitumli, 
bitumpolimerli, 
qatronli, 
qatronbitumli turlarga bo‘linadi. Tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 
asos (karton) ni organik bog‘lovchiga shimdirib, har ikki tomonida 
organik bog‘lovchi va to‘ldirgichdan iborat bo‘lgan qatlam hosil qilib 
tayyorlanadigan qoplama qatlamli materiallar va asosni organik 
bog‘lovchiga shimdirib tayyorlanadigan qoplama qatlamsiz materiallar. 
Bu materiallar kengligi 400...1050mm va uzunligi 7...12m bo‘lgan o‘ram 
ko‘rinishida ishlab chiqariladi. 
Ruberoid – kartonni neft bitumiga shimdirib, har ikki tomoniga neft 
bitumini surtib qoplama qatlam hosil qilingan material. Ruberoidning 
sifatini oshirish uchun qoplama qatlam tarkibiga polimerlar va 
antiseptiklar qo‘shiladi. Ruberoidning bir yoki ikki tomoni sochma 
qatlam bilan qoplanadi. Ruberoidning 70mm kenglikdagi tashqi chetki 
sirti sochma qatlamsiz, toza holatda qoldirilishi kerak. 
Pergamin – kartonni yumshoq neft bitumiga shimdirish yo‘li bilan 
tayyorlanadigan material. Pergamin ruberoid ostiga to‘shaladigan 
material sifatida va qaynoq bitumli mastika bilan yopishtirib bug‘dan 
himoyalovchi qatlam hosil qilishda ishlatiladi. 
Gidroizol – asbestli kartonni neft bitumiga shimdirib tayyorlanadigan, 
chirishga bardoshli qoplama qatlamsiz gidroizolyatsion material. 
CHordoqsiz tomlarda qaynoq bitumli mastika bilan yopishtirib 
gidroizolyatsiya hosil qilishda ishlatiladi. 

Download 82.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling