3 Mavzu: Tekis tom uchun yengil betonlar asosidagi issiqlik izolyatsiyasi qatlamining qalinligini aniqlash
Emulsiyalar, gruntovkalar va pastalar
Download 82.73 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitumli emulsiyalar.
- Gruntovkalar
Emulsiyalar, gruntovkalar va pastalar. Tom qoplamasining asosi
ko‘pincha ko‘plab g‘ovakliklarga ega bo‘ladi. Agar bu g‘ovakliklarni shunday qoldirilsa ular suv bilan to‘ladi va ko‘p martalab muzlash-erish natijasida asosning yemirilishiga olib keladi. SHu sababli bu g‘ovakliklar gidrofob tarkiblar bilan to‘lg‘aziladi yoki asos uzluksiz gidrofob plenka bilan qoplanadi. SHu maqsadda suyuq emulsiya va gruntovkalar qo‘llaniladi. Bitumli emulsiyalar. O‘ta maydalangan bitum va suv aralashmasidan tarkib topadi. Emulsiyalarning barqarorligini ta’minlash maqsadida ular tarkibiga sirt-aktiv moddalar – emulgatorlar (olein kislotasi, sulfit-spirtli barda, asidol) qo‘shiladi. Gruntovkalar gidroizolyatsion tarkib hisoblanib himoyalanadigan konstruktsiya (tekislovchi qatlam) sirtiga yupqa qatlam hosil qilib surtiladi va navbatdagi qatlamni asos bilan yaxshi birikishini ta’minlaydi. Gruntovkalar faqat sovuq holatda ishlatiladi. Gruntovkalarning massa bo‘yicha taxminiy tarkiblari, %: a) bitum – 40, benzin yoki kerosin – 60 b) bitum – 30, benzin yoki benzol – 70 Gruntovkalarning qurish vaqti qotgan tsementli tekislovchi qatlam uchun ko‘pi bilan 10 soatni, yangi yotqizilgan tekislovchi qatlam uchun 12-48 soatni tashkil etadi. Gruntovkani tayyorlash uchun bachok yoki termosga eritilgan va suvsizlantirilgan bitum quyiladi, so‘ngra doimiy aralashtirish jarayonida eritgichni qismlab qo‘shib boriladi. Olis masofalarga qaynoq mastikalarni avtogudronatorda tashiladi; sovuq mastikalar, gruntovkalar va emulsiyalarni tashishda esa germetik qopqoqli bochkalardan foydalaniladi. Bu materiallar yopiq omborlarda yoki bostirmalar ostida saqlanishi kerak. Pastalar gidroizolyatsiya va bug‘dan himoyalovchi qatlam hosil qilishda, tom qoplamasidagi choklarni zichlashda, shuningdek, sovuq mastikalar uchun bog‘lovchi material sifatida ishlatiladi. Bitumli pasta asosidagi sovuq mastikalar bitumli pastani mineral to‘ldiruvchi va antiseptik bilan aralashtirib tayyorlanadi. Download 82.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling