3 Mavzu: Tekis tom uchun yengil betonlar asosidagi issiqlik izolyatsiyasi qatlamining qalinligini aniqlash


Emulsiyalar, gruntovkalar va pastalar


Download 82.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana07.04.2023
Hajmi82.73 Kb.
#1339297
1   2   3   4   5
Emulsiyalar, gruntovkalar va pastalar. Tom qoplamasining asosi 
ko‘pincha ko‘plab g‘ovakliklarga ega bo‘ladi. Agar bu g‘ovakliklarni 
shunday qoldirilsa ular suv bilan to‘ladi va ko‘p martalab muzlash-erish 
natijasida asosning yemirilishiga olib keladi. SHu sababli bu g‘ovakliklar 
gidrofob tarkiblar bilan to‘lg‘aziladi yoki asos uzluksiz gidrofob plenka 
bilan qoplanadi. SHu maqsadda suyuq emulsiya va gruntovkalar 
qo‘llaniladi. 
Bitumli emulsiyalar. O‘ta maydalangan bitum va suv aralashmasidan 
tarkib topadi. Emulsiyalarning barqarorligini ta’minlash maqsadida ular 
tarkibiga sirt-aktiv moddalar – emulgatorlar (olein kislotasi, sulfit-spirtli 
barda, asidol) qo‘shiladi. 
Gruntovkalar gidroizolyatsion tarkib hisoblanib himoyalanadigan 
konstruktsiya (tekislovchi qatlam) sirtiga yupqa qatlam hosil qilib 
surtiladi va navbatdagi qatlamni asos bilan yaxshi birikishini ta’minlaydi. 
Gruntovkalar faqat sovuq holatda ishlatiladi. Gruntovkalarning massa 
bo‘yicha taxminiy tarkiblari, %: 


a) bitum – 40, benzin yoki kerosin – 60 
b) bitum – 30, benzin yoki benzol – 70 
Gruntovkalarning qurish vaqti qotgan tsementli tekislovchi qatlam uchun 
ko‘pi bilan 10 soatni, yangi yotqizilgan tekislovchi qatlam uchun 12-48 
soatni tashkil etadi. Gruntovkani tayyorlash uchun bachok yoki termosga 
eritilgan va suvsizlantirilgan bitum quyiladi, so‘ngra doimiy aralashtirish 
jarayonida eritgichni qismlab qo‘shib boriladi. 
Olis masofalarga qaynoq mastikalarni avtogudronatorda tashiladi; sovuq 
mastikalar, gruntovkalar va emulsiyalarni tashishda esa germetik 
qopqoqli bochkalardan foydalaniladi. Bu materiallar yopiq omborlarda 
yoki bostirmalar ostida saqlanishi kerak. 
Pastalar gidroizolyatsiya va bug‘dan himoyalovchi qatlam hosil qilishda,
tom qoplamasidagi choklarni zichlashda, shuningdek, sovuq mastikalar 
uchun bog‘lovchi material sifatida ishlatiladi. Bitumli pasta asosidagi 
sovuq mastikalar bitumli pastani mineral to‘ldiruvchi va antiseptik bilan 
aralashtirib tayyorlanadi. 

Download 82.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling