3 Mavzu: Tekis tom uchun yengil betonlar asosidagi issiqlik izolyatsiyasi qatlamining qalinligini aniqlash
Download 82.73 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchuvchan eritgichlar (suyultirgichlar)
Sovuq mastika sekin bug‘lanuvchi eritgich bilan suyultirilgan bitum va
to‘ldiruvchi aralashmasidan tarkib topadi. Qozonga bitum solinadi va 160...180 o S haroratda ko‘piklash jarayoni tugagunga qadar eritiladi. Boshqa qozonda tegishli miqdordagi quruq to‘ldiruvchi (so‘ndirilgan ohakli asbest) va eritgich (zangori moy, solyarka) aralashtiriladi. Birinchi qozonda eritilayotgan bitum suvsizlanib bo‘lgach ikkinchi qozondagi aralashma asta-sekinlik bilan qo‘shiladi va ko‘piklash jarayoni tugab bir jinsli massa hosil bo‘lgunga qadar aralashtiriladi. Sovuq mastika zavod sharoitida tayyorlanadi va qurilish maydoniga tayyor holda, germetik idishlarda keltiriladi. Havo harorati +5 o S gacha bo‘lganda mastikani qizdirmasdan, havo harorati +5 o S dan past bo‘lgan hollarda 60...70 o S gacha qizdirib ishlatiladi. 18...20 o S haroratli sovuq mastikalar oquvchan va bir jinsli bo‘lishi kerak. Sovuq mastikalar suyultirilgan bog‘lovchilar va bitumli pastalar asosida tayyorlanadi. Suyultirilgan bog‘lovchilar asosidagi mastikalarga bitumli, rezinabitumli, gudrokamli mastikalar kiradi. Bu mastikalar o‘rama materiallarni yopishtirishda, himoya qatlami va bug‘dan himoyalovchi qatlam hosil qilishda ishlatiladi. Bitumli pastalar asosidagi mastikalar deformatsiya choklarini to‘lg‘azishda qo‘llaniladi; shuningdek issiq iqlimli hududlarda tom qoplamasi sifatida ishlatilishi mumkin. Eritgichlar moddalarni eritib ular bilan bir jinsli sistema hosil qiladigan ximiyaviy birikmalardir. Eritgichlar tez va to‘liq uchib chiqib ketadi, shundan so‘ng eritilgan materialning dastlabki tuzilishi va hossalari qayta tiklanadi. Sovuq mastikalar uchun eritgichlar (suyultirgichlar) sifatida suyuq organik moddalar ishlatilib ular uchuvchan va uchmaydigan turlarga bo‘linadi. Uchuvchan eritgichlar (suyultirgichlar) quyidagi turlarga bo‘linadi; yengil – aviatsiya va avtomobil benzini, benzin-eritgich; o‘rtacha – traktor ligroini, uayt-spirit; og‘ir – traktor va yoritish kerosini, zangori moy. Uchmaydigan eritgich (suyultirgich)lar: neft moylari – mashina moyi, transformator moyi, tsilindr moyi, surtish moyi, solyarka, suyuq neft bitumlari, moyli gudron, mazut. Solyarka asosidagi sovuq bitumli mastika keng qo‘llaniladi. Uning taxminiy tarkibi: bitum – 40%, so‘ndirilgan ohak – 12%, asbest tola – 8%, solyarka – 40%. Solyarka bitumni eritish, o‘rama materialning qoplama qatlami va uning asosi bo‘lgan kartonga singish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun sovuq mastika ruberoid va pergaminni tekislovchi qatlamga yaxshi yopishishini ta’minlaydi. Solyarkaning bitum tarkibiga asta-sekinlik bilan kirib borishi natijasida mastikaning qovushoqligi, mustahkamligi va yopishuvchanlik xususiyati ortadi. Qaynoq mastikalar bilan yopishtirishda o‘rama materiallarni mayda mineral sochmalardan tozalash talab etiladi. Sovuq mastikalar ishlatilganda esa bunga zarurat bo‘lmaydi, chunki sochmalar mastikaga to‘liq shimilib to‘ldiruvchiga aylanadi va yopishtiruvchi qatlamning qovushoqligini oshiradi. Mastika tarkibiga so‘ndirilgan ohakning qo‘shilishi o‘rama materialning asosga yopishish mustahkamligining o‘sishini birmuncha sekinlashtiradi, lekin umumiy holatda mastika mustahkamligining ortishiga olib keladi. Mastika tarkibidagi asbest yoki shisha tola havo harorati ortganda mastikaning oquvchanligini kamaytiradi va qo‘shimcha simlash vazifasini bajaradi. Sovuq mastikalarni tayyorlashda zangori moydan foydalanish ta’qiqlanadi, chunki u ishchilarning teri va ko‘z pardalariga zararli ta’sir etadi. O‘rama qoplamaning ostki qatlamiga pergamin o‘rniga ruberoid ishlatish tavsiya etiladi, chunki ruberoidning yopishish mustahkamligi pergaminga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi. Sovuq mastikalar asos sirtiga yupqa qatlam hosil qilib surtiladi. Mastika sarfi 1m 2 yuza uchun 250g dan ortib ketmasligi kerak, chunki mastikaning bundan ortiq miqdori tom qoplamasi sifatining yomonlashuviga olib keladi. Qaynoq bitumli va bitum-rezinali mastikalar markazlashgan holda hamda bevosita qurilish maydonida tayyorlanishi mumkin. Sovuq bitumli va bitum-rezinali mastikalar odatda markazlashgan holda tayyorlanadi va qurilish maydoniga zich yopiladigan idishlarda keltiriladi. Download 82.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling