3 Mavzu: Tekis tom uchun yengil betonlar asosidagi issiqlik izolyatsiyasi qatlamining qalinligini aniqlash


Download 82.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana07.04.2023
Hajmi82.73 Kb.
#1339297
1   2   3   4   5
SHisha mato – shisha asosga bitumli, rezinobitumli yoki beton-polimerli 
plenkalarni biriktirish yo‘li bilan hosil qilinadigan material. Material 
yuzasi bir yoki ikki tomonidan sochma qatlam bilan qoplanadi. 
Izol – rezinabitumli bog‘lovchi, mineral to‘ldiruvchi va antiseptik 
aralashmasidan tayyorlanadigan asossiz o‘rama material. Izol -15
o
S da 
ham elastiklik xususiyatini yo‘qotmaydi (uzayishi 200% gacha), chirishga 
bardoshli, issiqbardoshligi +150
o
S gacha. CHordoqsiz tomlarda bitumli 


va rezinabitumli mastikalar bilan yopishtirib gidroizolyatsiya hosil 
qilishda ishlatiladi. 
Tol – kartonni mineral to‘ldiruvchili, qiyin eriydigan qatronli 
mahsulotlarga shimdirish yo‘li bilan hosil qilinadigan material. Yirik 
donador sochma qatlamli tol qaynoq qatronli mastika bilan tom 
qoplamasining tashqi qatlamini hosil qilishda ishlatilishi mumkin. Qumli 
sochma qatlamli tol vaqtinchalik binolarda ishlatiladi. 
Keyingi yillarda tom qoplamasi uchun ishlatiladigan o‘rama materiallar 
turi ortib bormoqda. Ular qatoriga filizol, steklomast, buterol, izoplast, 
bikrost, gidrostekloizol, folgoizol, krovlen va elonni kiritish mumkin. 
SHuni ta’kidlash kerakki, organik asosli o‘rama materiallarning uzoqqa 
chidamliligi noorganik asosli yoki asossiz o‘rama materiallarga nisbatan 
ancha kam. Qalinligining orttirilganligi, qatlamlarining soni va asosga 
yopishtirishning o‘ziga xosligi bilan odatdagi o‘rama materiallardan farq 
qiluvchi eriydigan qatlamli o‘rama materiallar ham qo‘llanilib bormoqda. 
Tom ishlarini bajarishdan avval o‘rama materiallarni tayyorlab olinadi. 
Bunda o‘rama materiallarni tozalash va qayta o‘rash maxsus stanoklarda 
amalga oshiriladi. Tayyorlangan o‘ramlar tik holatda konteynerlarda 
saqlanadi. 
Mastikalar. 
Mastikalar 
deb 
organik 
bog‘lovchilarni 
mineral 
to‘ldiruvchilar va mastika sifatini oshiruvchi turli qo‘shimchalar bilan 
aralashtirib hosil qilingan gidroizolyatsion materiallarga aytiladi. 
Mastikalar tom qoplamasi ostini shpatlevka qilish, bug‘dan himoyalovchi 
qatlam hosil qilish, o‘rama materiallarni yopishtirish, shuningdek, himoya 
qatlamlarini hosil qilishda ishlatiladi. Mastikalar bog‘lovchining turiga 
ko‘ra bitumli, bitum-polimerli, rezinobitumli, qatronli, qatronpolimerli, 
gudrokamli va gudrokampolimerli bo‘lishi mumkin. 
Ishlatilish usuliga ko‘ra barcha mastikalar qaynoq va sovuq mastikalarga 
bo‘linadi. 
Qaynoq 
mastikalarni 
ishlatishdan 
avval 
quyidagi 
haroratlargacha qizdirib olinadi: bitumli – 160...180
o
S, rezinabitumli – 
170...180
o
S, qatronli va gudrokamli – 130...150
o
S, gudrokampolimerli – 
70
o
S. Qish sharoitida qizdirish haroratini qisqa muddatga 10...15
o
S ga 
oshirishga yo‘l qo‘yiladi. 
Vazifasiga ko‘ra mastikalar yopishtiruvchi va gidroizolyatsiyalovchi 
turlarga bo‘linadi. Yopishtiruvchi mastikalar o‘rama materiallarni 
yopishtirib tom qoplamasini hosil qilishda, gidroizolyatsiyalovchi 


mastikalar o‘rama materialsiz tom qoplamalarini hosil qilishda 
qo‘llaniladi. Mastikalar odatda zavodda tayyorlanadi va tarkibidagi 
to‘ldiruvchilar miqdori 10...30% ni tashkil etadi. 

Download 82.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling