3 Mavzu: Tekis tom uchun yengil betonlar asosidagi issiqlik izolyatsiyasi qatlamining qalinligini aniqlash
Download 82.73 Kb. Pdf ko'rish
|
Qaynoq bitumli mastika bitum va to‘ldiruvchini aralashtirib
tayyorlanadi. Qozonga tashlangan bitum ko‘piklash jarayoni tugagunga qadar eritiladi. So‘ngra 200...220 o S haroratdagi bitumga uzluksiz aralashtirish jarayonida 110 o S gacha qizdirilgan quruq to‘ldiruvchi qo‘shiladi. Bitumlar aralashmasidan bog‘lovchi tayyorlash va aralashmani og‘irlik bo‘yicha miqdorlashda dastlab qozonga yengil eriydigan bitum tashlanib uni suvsizlantiriladi, so‘ngra mayda bo‘laklarga bo‘lingan qiyin eriydigan bitum tashlanadi. Qaynash va ko‘piklash jarayonida toshib ketmasligi uchun qozonning faqat ¾ qismi bitum bilan to‘lg‘aziladi. Bitumni uzoq qaynatish uning sifatini yomonlashuviga olib keladi. Bitumni qizdirishda qozon konstruktsiyasiga bog‘liq ravishda o‘tin, suyuq va gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘idan foydalaniladi. Tayyorlangan bitumli mastika termoslarga quyiladi. Qatronli mastikalar ham bitumli mastikalar kabi tayyorlanadi. Qaynoq mastikalar 15...20 o S haroratda bir jinsli va qattiq holda bo‘lishi, 160...180 o S haroratda tekis sirtga cho‘tka bilan 2mm qalinlikda yengil surtiladigan bo‘lishi kerak. O‘zaro yopishtirilgan ikkita pergamin parchasi ajratilganda ajralish o‘rama material bo‘yicha yuz berishi kerak. Biobardoshli bo‘lmagan o‘rama materiallarni yopishtirishda bitumli mastika tarkibiga ftorli natriy, kremniyftorli natriy kabi antiseptiklar qo‘shiladi. Qaynoq bitumli mastikalarning harorati ularni tayyorlash jarayonida 200 o S dan, qatronli mastikalarning harorati esa 150 o S dan oshmasligi kerak. O‘rama materiallarni yopishtirishda bitumli mastikalarning harorati 160 o S dan, qatronli mastikalarning harorati esa 120 o S dan kam bo‘lmasligi kerak. SHu sababli mastikalarni tayyorlash va ishlatish jarayonida ularning harorati doimiy nazorat qilib borilishi kerak. Download 82.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling