3 mavzu. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish konsepsiyalari. Reja


Telecommunications Information Networking Architecture Consortium boshqarish konsepsiyasi


Download 276.15 Kb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi276.15 Kb.
#241674
1   2   3   4
3.3. Telecommunications Information Networking Architecture Consortium boshqarish konsepsiyasi.
Telekommunikatsiya tarmoq’ini boshqarish va loyihalashga qaratilgan yana bir yondashuv TINA (Telecommunications Information Networking Architecture Consortium TINA-C) konsortsium tomonidan namoyon etilgan. TINA-C telekommunikatsion va kompyuter industriyasida xalqaro xamkorlikni ifodalaydi. Bu esa an’anaviy ovozli va keng ko’lamda oraliqdagi interfaol multimediyali xizmatlarni ko’rsatishga qaratilgan, ochiq arxitekturaningtelekommunikatsion tarmoqlarni ishlab chiqishga mo’ljallangan hamkorligi tushuniladi.

TINA arxitekturasi telekommunikatsion va informatsion tizimlarning hamma qismlarida qo’llanilishini belgilaydi; terminallar,kommutatsion tizim va marshrutizatorlar, xizmat va boshqa boshqaruv serverlari, nazorat nuqtalarda (reference points) mahsulotga mos keluvchi hamma zaruruy talablarni o’rnatib beradi.

TINA arxitekturasi 4 ta tamoyillarga asoslanadi:


  • Ob’yektli yo’naltirilgan tahlil va dizayn;

  • Dasturiy tashkil etuvchilarning taqsimoti;

  • Dasturiy tashkil etuvchilarning bo’linishi;

  • Aloqalarning ajratilishi.

Qayd qilingan tamoyillarning maqsadlari – bir biriga mos kelishini, bir-biri bilan munosabatnihamda dasturiy ta’minot tashkiliy qismlaridan ko’p marta foydalanish va kontrakt texnologiyalarga bog’liq emasligini ta’minlash hisoblanadi. Shunday yondashuv murakkab tizimlar yaratish va boshqarish har xil ishtirokchilar orasida taqsimlash masalasini hal qilish imkoniyatini beradi, ya’ni iste’molchi, xizmatlar provayderi va operator orasida muloqotni ta’minlaydi.

Obyektga yo’naltirilgan tahlil murakkab telekommunikatsion tizimni har xil burchaklardan tanlangan model (biznes-model, informatsion model, hisob kitob modeli)ning tegishli kesimida ko’rib chiqish imkoniyatini beradi.

Xizmatchi dasturiy ta’minottashkil etuvchilarni tarmoqning har xil qismlari bo’yicha taqsimotini bajaradi, ya’ni ma’lumotlarni qayta ishlashga mo’ljallangan maxsus shakllantirilgan (DPE)ni qo’llab quvvatlaydigan muhit trafikni, tarmoqdagi yuklama ishchi xarakteristikalarni moslashtirish imkoniyatini beradi yoki iste’molchining mahsus extiyojlariga mos ravishda tarmoqning yashash qobiliyatini sozlash imkonini beradi. Bunda dasturiy ta’minotning har bir tashkil etuvchi qismi boshqalaridan ajratilgan. Ro’y bergan o’zgarishlar quyida joylashgan texnologiya tomonidan mavjud o’zgarishlar (standart, til, dastur, tarmoq va shu kabilar) boshqa tashkil etuvchilar strukturasiga umuman ta’sir qilmaydi.

TINA aloqalarning 2 xilga ajratilishini ta’minaydi:

Qayd qilingan takliflar amalga oshirilganlar asosida muhit va ilova orasida ajratilishi;

Ilovalarni xizmat ko’rsatuvchi va umumiy nazorat xamda tarmoq boshqaruvini amalga oshiruvchi qismlarga ajratish;

Taklif etilgan bo’linish tamoyillariga binoan TINA arxitekturasi 3 ta tashkil etuvchiga bo’linadi:


  • Hisoblash arxitekturasi;

  • Xizmatlar arxitekturasi;

  • Tarmoqli arxitekturasi.

Hisoblash arxitekturasi- arxitekturaning modulligini va DPEni belgilab beradi. Qayd qilingan DPE elementlari turli xildagi asbob-uskunalarda joylashgan muhit xususiyatiga ko’ra (bu yadro bog’lovchi transport tarmog’i mavjudligi tufayli ro’y beradi) elementlarni yagona turga mansubligini ta’minlovchi ilovalar bajarib beradi.

OMG CORBA asosida TINA DPE telekommunikatsion ilovalar talabiga moslashtirilgan holda amalga oshiriladi. OMG konsortsium tomonidan taqsimlangan ilovalarni yozish uchun texnologik standart sifatida taklif etilgan CORBA bir-biridan izolyatsiyalangan tizimlarning integratsiyasini amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotning belgilab beradi. Bu o’z navbatida tarmoqning har xil nuqtalarda ishlayotgan va boshqa dasturlash tillarida yozilgan dasturlarning ishlashiga imkoniyat yaratib beradi, ular xuddi bitta jarayon singari manzilli muhitda joylashgandek bir-biri bilan qiyinchiliksiz o’zaro ta’sirlanishni bajaradi.

Xizmatlar arxitekturasi ishlash jarayonida xizmat ko’rsatish paytida mintaqaviy bog’langan xodisalar va o’zaro bog’liq munosabatlarni aniqlaydi.

Xizmatlar arxitekturasi quyidagi 2 ta tamoyilga tayanadi:

- “Sessiya” konsepsiyasini ishlatish. Bu yerda TINAda ma’lum vaqt oralig’ida, xizmat ko’rsatishga jalb etilganda barcha jarayonlar tomonidan foydalaniladigan ma’lumot tushuniladi. Masalan, ulanishlar foydalanuvchilar profillari yoki “konferens-aloqa” xizmatini ko’rsatish jarayonida to’lanadigan mablag’ yoki web-qidiruv paytida sarflangan vaqt, xizmat uchun to’lov Sessiya bajariladigan ishga nisbatan o’tishga ruxsat berish sessiyasi (autentifikatsiya xizmat ko’rsatish profilini aniqlash va boshqalar), xizmat ko’rsatish (aynan shu tanlangan xizmat ko’rsatishga tegishli) va kommunikatsiyalar (fizik transport tarmoqda ulanishni amalga oshirish)

Obyektlarni umumiy (hamma xizmatlar uchun) va ixtisoslashgan (aniq belgilangan xizmatni ko’rsatish) qarashli tiplarga ajratish mumkin.

Tarmoqli arxitektura ulanishni belgilovchi umumiy texnologik mustaqil modelni va telekommunikatsion tarmoqni boshqarish jarayonlarini yoritib beradi.

Yuqorida qayd etilgan TINAtelekommunikatsion muhitni biznes-model, informatsion model va hisoblash modeli kesimi qaraladi.

Biznes-modeli har xil tomonlarni (ishtirokchilar)ni yoritadi, ya’ni xizmatlarni ko’rsatish jarayoniga jalb qilingan tomonlar va ularning o’zaro munosabatlarini yoritadi: iste’molchi reteylar, broker, xizmatlar provayderi, kontent-provayder, tarmoq operatori. Unga mos keladigan nazorat nuqtalar mana shu ishtirokchilar o’zaro ta’sirlanish interfeyslari to’plamini belgilab beradi.

Informatsion modeli ma’lumot tashuvchi-obyekt, ularning aloqalari xamda obyektni modellashtirish texnologiyasi (OMT) dan foydalanilganda ishtirokchilarni boshqarish qoidalari.

Hisoblash modeli hisoblanadigan obyektlar va ularning o’zaro aloqasini obyektlarni yoritish tili ODL ning foydalanishi asosida to’la ifodalaydi.

Yuqorida keltirilgan TINA telekommunikatsion tarmoqlar arxitekturasi boshqarish tizimini 2 xil tipda ajratish mumkin:

Hisoblash muhitini boshqarish;

Telekommunikatsiyalarni boshqarish;

Hisoblash muhitni boshqarish tizimi dasturiy ta’minot va hisoblash uskunalarni o’rnatish, ishga tushirish va ishlash jarayonini boshqarishdan iborat. Boshqa tomondan telekommunikatsiyalarni boshqarish funksiyasi tarmoq ustida nazoratni amalga oshiruvchi va ishlatilayotgan ilovalar, transport tarmoqni boshqarishni birlashtiradi hamda xizmatlarni ko’rsatish vaqtida ro’y beradi.

Telekommunikatsiyalarni boshqarish o’z navbatida TMN tizimlarini quyidagilarga ajratadi:



  • Xizmatlar boshqarish kichik tizimi;

  • Resurslarni boshqarish kichik tizimi;

  • Tarmoq elementlarini boshqarish kichik tizimi;

Hisoblash muhitni boshqarish quyidagilarga bo’linadi:

  • Dasturiy ta’minotning umumiy boshqaruv kichik tizimi;

  • DPE va kompyuter vositalarni boshqarish kichik tizimi;

Yuqorida aniqlangan kichik tizimlar oldingi 5 ta boshqarish funksional sohasining kesimida faoliyat ko’rsatadi:Texnik xizmat ko’rsatishni boshqarish;Konfiguratsiyani boshqarish;Hisob kitoblarni boshqarish;Ishchi xarakteristikalarni boshqarish;Xavfsizlikni boshqarish.
Nazorat savollari.

1.TMNsatxlarini sanab bering.

2. TMN sohalari haqida ma’lumot bering.

3. TeleManagementForum (TMF) metodikasi.



4. TINA arxitekturasini ta’riflang.
Download 276.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling