3 mavzu. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish konsepsiyalari. Reja


TeleManagement Forum (TMF) asosida telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish


Download 276.15 Kb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi276.15 Kb.
#241674
1   2   3   4
3.2. TeleManagement Forum (TMF) asosida telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish.
TeleManagement Forum – telekommunikatsiya operatorlarning biznes va taraqqiyot masalalari bo’yicha shug’ullanadigan xalqaro tashkilot. Unda telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarishni standartlashtirish va OSSG’BSS tizimlarni shakllantirish kabi ishlar bajariladi.

TMF da tadqiqot va izlanishlarning asosiy yo’nalishlari:

- New Generation Operations Systems and Software (NGOSS) konsepsiyasini ishlab chiqish, unda telekommunikatsiya operatorlari faoliyatining amaliy ahamiyatini ta’minlovchi tizimni ishlatish, ishlab chiqish va tadbiq etish yo’llarini yaratish ishlari olib boriladi;

- jarayonlarni modelashtirish va avtomatlashtirish;

- xizmatlar iste’molchilari bilan reglamentning o’zaro mulokqotini ta’minlash.

NGOSS uslubiyoti deganda telekommunikatsiya operatorining asosiy faoliyati (OSS) va biznes (BSS) ning asosiy faoliyatining majmui, biriktirilayotgan modelning butunligi, rivojlanishi va foydalanish tizimini qo’llab- quvvatlovchi tizim tushiniladi. Bu tizim telekommunikatsiya operatori faoliyatini yagona arxitekturaga aylantirishga mo’ljallangan biznes-talab va texnik aspektlarni hal qilish, umumiy informatsion infratuzilmasini qurish, geterogen infokomunikatsion muhitda biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish uchun juda ham zarur.

Ushbu uslubiyotspetsifikatsiya va tavsiyalar paketi tarzida bajarilgan bo’lib, asosan 4 ta o’zaro bog’liq metodikaga tayanadi.

- enhanced Telecom Operations Map (eTOM) – telekommunikatsiya operatorining biznes-jarayonlarni xaritasi;

-Shared InformationG’Data Model (SID) – ma’lumotlarning normativ modeli;

- Technology Neutral Architecture (TNA) – tizimlar integratsiyasining texnologik neytral modeli;

- Telecom Applications Map (TAM) – telekommunikatsiya operatorining amaliy masalalar xaritasi.

“Korxonani boshqarish” – operator faoliyatini qo’llab-quvvatlashni qamrab olgan savollarni yorituvchi jarayonlar. Ular qatoriga kadrlarni, aktiv va mablag’larni, mutaxassislarning bilimlarini, tashqi aloqalarni boshqarish va shu kabilar kiradi.

eTOM modeli telekommunikatsiya sohasida operatorning tashkiliy, texnologik va boshqa xususiyatidan qat’iy nazar o’ziga xos tomonlarini yoritish uchun mo’ljallangan. Shuning uchun biznes-jarayonlarning dekompozitsiyasi yuqorida sanab o’tilgan farqlar yaqqol namoyon bo’lishiga qadar satx amalga oshiriladi. Shunday qilib, eTOMning operator uchun qo’llanilishi mumkin imkoniyati mavjud.

eTOMning farqli tomoni uning tezda o’zgaruvchanligi, boshqa uslubiyotlar bilan integratsiyalanish imkoniyatidir. Buning natijasida tanlangan kompaniyaning faoliyatini aks ettiruvchi o’zaro bog’langan modelni yaratish imkoniyati hosil bo’ladi.

Uning konseptual satxida 8 ta asosiy mintaqaviy obyektlar mavjud:

MarketG’Sales – savdolar statistikasi, bozor segmentlari va raqobatlarga tegishli marketing siyosatiga qarashli ma’lumotlar va shu singarilar ;

Products – yangi telekommunikatsion mahsulotlarni kiritish rejalari va mavjudlari to’g’risida ma’lumot hamda qayd qilinganlardan foydalanish statistikasiga oid ma’lumotlar;

Customer – mijoz, uning xatti-harakati, shikoyatlari, tarif rejalari, hisoblashlar, to’lovlar va boshqa ma’lumotlarni to’plash;

Service – yangi xizmatlarni kiritish rejalari, uning spetsifikatsiyasi va joriy xizmatlar konfiguratsiyasi, foydalanish statistikasi, tekshirish natijalari, muammoning tahlili va sifat baholanishi;

Resource – mavjud resurlarni, konfiguratsiyasi va tonologiyasi, rivojlanish rejalari, tekshirish natijasi, muammoning taxlili va sifat baholanishi;

SupplierG’Partner – mahsulot yyetkazib beruvchilar, savdo sheriklari, kontrakt majburiyatlari, yyetkazib beruvchilar va buyurtmachi orasidagi o’zaro munosabat tarixi, hisob raqamlari va shu kabi ma’lumotlar;

Enterprise – korxonaning tashkiliy strukturasi, ichki siyosat va reglamenti, kadrlar va shu kabilar;

CommonBusiness – qonuniy hujjatlar, region haqida ma’lumot, uning demogratsiyasi va boshqalar.

Tanlangan model asoisda telekommunikatsiya operatorining yagonainformatsion modeli tuziladi. Unga ko’ra boshqarish jarayonlari ancha osonlashtiriladi va kompaniya-operator bo’linmalari orasida o’zaro munosabatni yaxshilaydi. Bundan foydalanishdn ijobiy samara beradi, chunki kompaniya ichida yagona tildan foydalanish mijozlar bilan ishlashni maksimal darajada yaxshilaydi.

TNA - bu NGOSS uslubiyoti (metodologiyasi)ning elementi bo’lgan texnologik jihatdan neytral arxitekturadir. Uning qo’llanilishi OSSG’VSS ning tayyor qarorlari integratsiyasi uchun foydalanishga mo’ljallangan.

TNA arxitekturasi quyidagi bazaviy elementlarga asoslanadi:

- NGOSS ga mos keluvchi kichik tizimlarning umumiy komponentli modeli yorituvchi, undan foydalanish va alohida tashkil etuvchi qismlarni boshqarish bo’yicha savollarga javob beriladi;

- ma’lumotlarning umumiy informatsion shinasi. Uning yordamida tashkil etuvchilar orasida ishonchli, xavfsiz va texnologik neytral ma’lumotlar almashinuvi amalga oshiriladi;

- kompaniyaning biznes jarayonlarini “o’tish”ida nazoratni ta’minlovchi biznes-jarayonlarni boshqarish server;

- umum tizimli siyosat va biznes-qoidalarni boshqarish serveri deklarativ ko’rinishda kichik tizim ishlash sikllari va unga o’tish xuquqlari, tashkil etuvchi va jaryonlarni boshqarish imkonini beradi;

- tashkil etuvchilarning tashqi va ichki o’zaro ta’sirlanishi haqida ma’lumotlar, biznes-jarayonlar va biznes-qoidalar hamda tizimdagi siyosat to’g’risida xabar qiluvchi meta ma’lumotlar repozitoriysi;

- SID (Shared Information and Data) modelining ichida ro’y berayotgan ma’lumotlar strukturasiga mos kelishini ta’minlovchi umumtizim siyosati hamda ma’lumotlarning butunligi, ularga o’tish, mazmunining nazorati;

- NGOSS mos kelmaydigan kichik tizimlarga interfeysni ta’minlovchi NGOSS shlyuzlar (NGOSS mediation). Ularning birinchisi yordamida SID, TNA va tanlangan komponentli modelga mos ravishda xabar va uzoqdan bajarilgan chaqiruv, ma’lumotlarning shaklini almashtirish ro’y beradi.

TAM telekommunikatsiya sohasida ilovalarning xaritasi hisoblanadi. U TNA arxitekturasini to’ldirib turadi va mustaqil ishlab chiqilgan konkret ilovalarga mos keladigan jarayonlarning tashkiliy qismlarini aks ettirish imkoni paydo bo’ladi. TAMning asosiy vazifasi biznes-mantiq va uning tashkil etuvchilarini ajratish hamda biznes-jarayonlarni aniq bir tanlangan dasturiy yechimga nisbatan bog’liqligini bartaraf etish va biznes-mantiqdan qayta foydalanish imkoniyatini qayta ishlatishni ta’minlashdan iborat.



Download 276.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling