3 Mavzu. Temirbeton elementlarning yoriq kengligi
Normal yoriqlar kengligini hisoblash
Download 26.74 Kb.
|
3 - Mavzu 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3.Og‘ma yoriqlarning kengligini hisoblash.
3.2.Normal yoriqlar kengligini hisoblash.
Qurilish me’yorlari /6/ normal yoriqlarning o‘rtacha kengligini aniqlash uchun quyidagi empirik formulani tavsiya etadi: acrc = (s/Es)/20(3,5–100)d1/3, (3.2) bu yerda –elementdagi kuchlanish holatini hisobga oluvchi koeffitsient bo‘lib, egiluvchi va nomarkaziy siqiluvchi elementlar uchun 1, cho‘ziluvchi elementlar uchun 1,2 olinadi; ye – yukning ta’sir etish muddatini hisobga oluvchi koeffitsient bo‘lib, qiymati 1...1,5 oralig‘ida bo‘ladi; – beton bilan armaturaning yorilishi darajasini hisobga oluvchi koeffitsient. Davriy profilli sterjenlar uchun I, Bp – I va Bp – II sinfli simlar uchun 1,2; B – II sinfli silliq simlar uchun 1,4 olinadi; s–bo‘ylama armaturadagi kuchlanish; =As/bho – kesimning armaturalash koeffitsienti; d – armatura diametri, mm. Cho‘ziluvchi armaturadagi kuchlanish quyidagi formulalardan topiladi: markaziy cho‘ziluvchi elementlarda s = (N–P)/(As+Asp); (3.3) egiluvchi elementlarda s = [M–P(Z–esp)]/(As+Asp)Z; (3.4) nomarkaziy siqiluvchi elementlarda s = [N(esZ)–P(Z–Isp)]/(As+Asp)Z va hokazo. (3.5) Agar oldindan uyg‘otilgan kuchlanishlar bo‘lmasa, R=0 bo‘ladi. 3.3.Og‘ma yoriqlarning kengligini hisoblash. Og‘ma yoriqlarning kengligiga ko‘ndalang armaturalar (xomutlar, bukilgan sterjenlar) sezilarli ta’sir etadi. Xomutlarning ko‘payishi og‘ma yoriqlar enining kamayishiga olib keladi. Bo‘ylama armaturalar og‘ma yoriqlar kengligiga kam ta’sir etadi. Xomutlar bilan armaturalangan egiluvchi elementlarda og‘ma yoriqlarning kengligi quyidagi empirik formuladan topiladi: acrc = c0,6spdsw/[(Esdsw/ho)+0,15Eb(1+2w)], (3.6) bu yerda dsw–xomutlar diametri; sw – xomutlardagi kuchlanishlar sw = (Q–Qb1)/Aswho Rs,ser ; (3.7) Q–tashqi yuklardan hosil bo‘lgan ko‘ndalang kuch; Qb1 – ko‘ndalang armaturasiz, betonning o‘zi qabul qiladigan ko‘ndalang kuch; Asw – bir tekislikdagi xomutlarning ko‘ndalang kesim yuzasi; =Es/Eb armaturani betonga keltirish koeffitsienti; w=Asw/bs ko‘ndalang armaturalash koeffitsienti; S–xomutlar orasidagi masofa; b–elementning eni. Download 26.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling