3 Mavzu. Temirbeton elementlarning yoriq kengligi


Download 26.74 Kb.
bet1/3
Sana10.11.2023
Hajmi26.74 Kb.
#1760955
  1   2   3
Bog'liq
3 - Mavzu 2


3 - Mavzu. Temirbeton elementlarning yoriq kengligi.

Reja:
3.1.Yoriqlarning kengligini hisoblash. Umumiy tushunchalar


3.2.Normal yoriqlar kengligini hisoblash
3.3.Og‘ma yoriqlarning kengligini hisoblash
3.1.Yoriqlarning kengligini hisoblash.
Umumiy tushunchalar. Biz yuqorida elementning yorilishga ko‘rsatgan qarshiligini ko‘rib o‘tdik, yorilishning oldini olishga urindik. Endi temirbeton element darz ketdi, ya’ni yoriq paydo bo‘ldi deb faraz etamiz. Endigi vazifamiz shu yoriqning kengaymasligini ta’minlashdan iborat bo‘ladi, ya’ni elementning yoriq kengayishiga bo‘lgan qarshiligini ko‘rib o‘tamiz.
Yoriqni kengayishdan asraydigan narsa armaturadir.Yoriqlarning kengligini aniqlash masalasi kuchlanishlar holatining ikkinchi bosqichi bo‘yicha amalga oshiriladi. Hisobnormal va og‘ma kesimlar uchun bajarilib, yorilishbardoshligi bo‘yicha II va III toifa talablari qo‘yiladigan temirbeton konstruksiyalari ko‘rib o‘tiladi.Hisobning maksadi yoriqlar kengligining nazariy qiymati asgs ni aniqlash hamda uni ruhsat etilgan qiymat [asgs] bilan takqoslashdan iboratdir. Yorilishlarning ruxsat etilgan eni [asgs] yorilishbardoshlik toifalariga bog‘liq qiymat bo‘lib, QMQ dan olinadi.
Agar nazariy qiymat ruhsat etilgan qiymatdan katta chiqsa, betonga oldindan beriladigan siquvchi zo‘riqish kattalashtiriladi, betonning sinfi oshiriladi yoki elementning ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari kattalashtiriladi.
Yoriqlarning kengligi asgs ko‘pgina omillarga bog‘liq: beton va armaturaning sinfi, o‘zaro yopishuv kuchi, beton yorilgan joyda armaturada vujudga kelgan kuchlanish s, yoriqlar orasidagi masofa Icrc va hokazolarga bog‘liq.
Cho‘ziluvchi elementni ko‘rib o‘tamiz, chunki bu masalada egilish bilan cho‘zilish orasida jiddiy tafovutlar yo‘q.
Yoriq kengligi acre quyidagi ifodadan aniqlanishi mumkin. Ifodadagi ls juda kichik son (0,0001) bo‘lgani uchun, uni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Absolyut deformatsiyani nisbiy deformatsiya orqali ifodalaymiz:


acrc = sclcrc; acrc=sslcrc; acrc/acrc/=0,2…0,3 mm. (3.1)



Download 26.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling