3-Mavzu: Texnologiya fanining amaliy fanlar blok modulidagi fanlar va o’rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim bilan integratsiyalash Mavzu rejasi
Download 23.92 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
3-Mavzu: Texnologiya fanining amaliy fanlar blok modulidagi fanlar va o’rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim bilan integratsiyalash Mavzu rejasi: Texnologiya fani mazmunining rivojlanish tarixi va bosqichlari. Ta’lim bosqichlari bo’yicha ta’lim mazmuni, O’quv dasturi (sinflar bo’yicha o’quv soatlari, mavzular taqsimoti), mazmuni bilan tanishish. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi bilan integratsiyalash. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini oliy ta’lim bilan integratsiyalash. Tayanch so‘zlar: texnologiya fani maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi, istiqbollari, o‘quv dastur, integratsiya. 3.1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Maqsadi: o‘quvchilarda texnik-texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Vazifalari: - materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik ob’yekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; - texnik ob’yekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish; - texnologik jarayonlarni boshqara olish hamda maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish; - texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; - texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qilish; - buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholash; - ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. Download 23.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling