3-Mavzu: Texnologiya fanining amaliy fanlar blok modulidagi fanlar va o’rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim bilan integratsiyalash Mavzu rejasi
Texnologiya fani mazmunining rivojlanish tarixi va bosqichlari
Download 23.92 Kb.
|
3-mavzu
3.2Texnologiya fani mazmunining rivojlanish tarixi va bosqichlari
Milodgacha bo‘lgan birinchi ming yillikning o‘rtalaridan Milod davrigacha bo‘lgan taraqqiyot nishonasi sifatida keramika, kulolchilik ustaxonasi, charxi qoldiqlarining topilishi, buyumlarni ko‘plab ishlab chiqarishga talab katta bo‘lgan. Bu davrga oid topilmalar: sopol plitalardan qilingan mexroblar, terakotadan yasalgan haykalcha, turli shakldagi sopol idish, ko‘za, turtburchakli, teshikli sugd chaka va boshqalar bu davrdagi taraqqiyotning turli darajada rivojlanayotganligini bildiradi. Shahar va yirik manzillar qalin devor bilan o‘ralib, harbiy istehkomlar darajasida ta’mirlangan, sopol quvur bilan jihozlangan ochiq va yopiq sug‘orish tizimi barpo qilingan, bularning barchasini malakali hunarmandlar bajarganlar. O‘rta Osiyo mazkur davrdagi ma’naviy taraqqiyotni shartli ravishda quyidagi davrlarga mansub deyish mumkin: Idishlar xilma-xilligi, qadah, kosa, riton, suvdon, ayol ziynati, libosi yuqori did bilan tayyorlanishi mahalliy sug‘dlarning turli din va madaniyati rivojlanganligini ko‘rsatdi. Xalq hunarmandchiligi sanoat ishlab chiqarish darajasida taraqqiy etdi. Kul, koranda, muzdur, xalfa va shogirdlar mehnatidan arzimas xaq evaziga foydalanilar edi. Qimmatbaho metallar (oltin, dur, xaqiq, zabarjad va boshq.) xalq hunarmandchiligida yuksak did bilan foydalanish keng avj oldi. Eftalit-turk koroplastikasi sopol buyum tayyorlashda cheti to‘lqinsimon kosa, likopcha, ilmoqsimon dastali krujka, shaffof-slyuda lok surtilgan, dastali, chumokli tor og‘izli ko‘za, turli maqsadda ishlatiladigan turli o‘lchamdagi qozon, shamot aralashtirib tayyorlangan xumcha, temirchilik o‘chog‘i, maxsus sopol vannacha, quyish qolibi, g‘isht terish xumdoni va shu kabi buyumlar yuksak did bilan, haqiqiy san’at asari darajasida tayyorganligi, hunarmandchilikning turli yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilganligini bildiradi. Hunarmandchilik xalq, elat va qabilaning yashashi, turmushi bilan uyg‘unlashgan holda rivojlanib, milodiy VI-XI asrlargacha yirik davlatlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Juda ko‘p yillik va kishilik harbiy yurishi, mudofaa va hujum qurollarining taraqqiyoti bilan yo‘g‘rilib ketadi. Ana shunday urushlar davrida madaniy taraqqiyot, urush bo‘lgan davlatlarda bir tomondan inqirozi yuz bersa, ikkinchi tomondan bir davlatdan ikkinchi davlatga (urush bo‘lmagan bo‘lsa ham) majburiy, ma’lum tarixiy davrda, mintaqadagi umumiy taraqqiyot inikosi yuzaga keladi. Juda ko‘p tarixiy davrlarni boshdan kechirgan hozirgi yangi davr taraqqiyotiga nazar tashlasak, turli sohalarning rivojlanishi, jadal suratlarning keskin tus olishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish sohalariga bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortib boryapti. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub negizida yoshlarni har tomonlama bilimli qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy qadriyatlarni singdirib borish, urf-odatlar zamirida yotgan mehnatsevarlikka o‘rgatish, xalq hunarmandchilik sohalarining turli yo’nalishlariga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bularni amalga oshirishda esa texnologiya ta’limining hissasi katta hisoblanadi. Oliy ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlarida mehnat tarbiyasi bevosita texnologya ta’limi bilan qoʻshib amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi berishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan toʻgʻri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan, mehnat amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri tashkil etish, ularni bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Download 23.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling