3-mavzu: Tilning semiotik tabiati. Tilshunoslik bo'limlari. Tilning fonetik-fonologik sathi Reja


Download 1.57 Mb.
bet3/5
Sana09.05.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1448810
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tilning semiotik tabiati.

4.Semiotika va uning yo‘nalishlari.
Turli-tuman belgilar (ramzlar) tizimining umumiy xususiyatlarini o‘rganuvchi fan semiotika deb ataladi. Bu yangi fanning paydo bo‘lishi Ch. Morris asarlarining yuzaga kelishi bilan bog‘liq (9). Muallif o‘z asarlarida o‘zigacha o‘tgan Pris, Gusserli kabi faylasuflar va F.F.Fortunatov, F. de Sossyur kabi tilshunoslar tomonidan qilingan barcha ishlarni umumlashtiradi. Bunda F. de Sossyurning quyidagi fikriga e’tiborni qaratadi: belgilar haqidagi fan - semiotika psixologiyaning qismi, lingvistik muammo esa birinchi navbatda semiologik muammo bilan aloqadordir (10).
Semiotika turli kommunikatsiyaning amaliy talablaridan kelib chiqib, uning turlarini o‘rganadi. Semiotika bunda struktura belgisining izomorf hamda izomorfizm, ya’ni tilning turli yaruslari o‘rtasidagi sifat farqlarini inkor etib, ularni ilmiy tadqiq etishda bir xil metod va usullardan foydalanish g‘oyalariga amal qiladi.
In’ikos natijalari bilan in’ikos ettiradigan buyum o‘rtasidagi nisbat izomorfizm shaklida ifodalanadi.
Izomorfizm talablariga amal qiluvchi semiotika, ya’ni tabiat va jamiyatdagi belgilar tizimi haqidagi fanning beshta yo‘nalishi bor:
  • Mavjud tabiiy va biologik belgilarni o‘rganuvchi biosemiotik yo‘nalish .
  • Insonning madaniyat darajasi, urf-odati, holatini tasvirlovchi etnosemiotik yo‘nalish.
  • Tabiiy tillarni, ularning stilistik va bir-biridan ajralmaydigan belgilar tizimini o‘rganadigan lingvosemiotik yo‘nalish.
  • Belgilangan material bilan bog‘liq bo‘lmagan holda o‘ziga xos umumiy xususiyatlarni belgilovchi abstrakt semiotik yo‘nalish.

  • 5. Mazkur yo‘nalishlarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan masalalarni hal qiluvchi umumiy semiotik yo‘nalish.

Xullas, til kishilarning bir-birlariga turli axborotlarni xabar qiluvchi, etkazuvchi belgilar tizimidir. Tilning belgilik xususiyatini tilshunoslikning lingvosemiotika bo‘limi o‘rganadi. Lingvosemiotika tilshunoslik bilan semiotika hamkorligida yuzaga kelgandir.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling