3-mavzu: Tilning semiotik tabiati. Tilshunoslik bo'limlari. Tilning fonetik-fonologik sathi Reja
Download 1.57 Mb.
|
Tilning semiotik tabiati.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Tildagi belgilar va aspektiv munosabat. Tildagi belgilar tizimi nutqimizda to‘rt xil aspektdagi munosabatni ifodalashda qatnashadi. 1. Sigmatik aspekt.
- Semantik
M.N.Steblin-Kamenskiy esa ma’noning mavjudligi til uchungina emas, balki har qanday belgilar tizimi uchun ham, har qanday metatil (metayazыk) uchun ham xarakterli ekanligini ko‘rsatadi (5:60). Uning bu fikriga amal qilinsa, shaklni birinchi, mazmunni esa ikkinchi planga qo‘yishga to‘g‘ri keladi
2.Tildagi belgilar va aspektiv munosabat. Tildagi belgilar tizimi nutqimizda to‘rt xil aspektdagi munosabatni ifodalashda qatnashadi. 1. Sigmatik aspekt. 2. Sintaktik aspekt. 3. Semantik aspekt. 4. Pragmatik aspekt. Sigmatik aspektda belgi predmet bilan aloqada bo‘ladi. Sintaktik aspektda belgining boshqa belgi bilan aloqasidan qat’i nazar predmetning ma’no va funksiyasi bilan aloqada bo‘ladi. Semantik aspektda belgi interpretatsiyasi (o‘tkazuvchi) va uning fikr ifodalash vositalari birga qo‘shib olib boriladi. Pragmatik aspektda inson va ishoraning o‘zaro munosabatidan foydalaniladi (6:57). 3. Belgining lisoniy va nolisoniy xususiyatlari. Belgi tizimi haqida fikr yuritganda uning lisoniy va nolisoniy belgilarini farqlash lozim. Til belgisida tilning predmetga bo‘lgan munosabati haqida fikr yuritiladi. Til belgisi - kommunikativ va informativ belgilar tildagi so‘zlar va gap tipidagi birliklar sanaladi. Lingvist tilni shakl va mazmun birligida amal qiluvchi o‘ziga xos belgilar tizimi sifatida tekshiradi. Tilning asosiy belgisi so‘zdir. Ayni vaqtda so‘z ikkinchi signal sistemasining birligidir. Ayrim tilshunoslar so‘zni tildagi axborot belgisi deb qaraydilar (7:15). Boshqalar bunga e’tiroz bildirib, absolyut atamalardagina bu holatni kuzatish mumkin deb hisoblaydilar (8:44). Nolisoniy belgida esa, yordamchi vositalar haqida fikr yuritiladi. Yordamchi vositalarga signal va simvollar kiritiladi. Axborot beruvchi ovozli, ko‘rinishli yoki boshqa shartli belgili signal hisoblanadi: yo‘l belgilari (svetafor, semafor); qo‘ng‘iroq, gudok kabilar. Signal belgilar tilda ham mavjud. Fonemalar tilning namunali tovushlaridir. Fonemalar tilning axborot belgisi emas, ular belgining belgisi, ya’ni til belgisi haqida signal beruvchidir. Boshqacha aytganda, u umumiy belgi emas, balki xususiy belgilardir. Mazmuni ko‘rgazmali, obrazli ravishda asoslangan belgi simvol sanaladi. Simvol vaziyat bilan shartlanishdan ma’lum darajada ozod. Simvollar o‘z xarakteriga ko‘ra murakkab (gerb, bayroq) va oddiy (nishonlar, orden, medallar) simvol belgilarga bo‘linadi. Signal va simvollarning asosiy qismi tilda taqlidiy so‘zlar xarakteriga egadir. Lekin tilda taqlidiy so‘zlar sanoqli darajadadir. Til belgisi haqiqiy bo‘lib, u birlamchidir. Nolisoniy belgi yordamchi va sun’iy til belgisi esa ikkilamchi hisoblanadi. Ikkilamchi belgi substitut nomli atama bilan yuritiladi. Substitutlar birlamchi belgilarni ko‘rsatishga xizmat qiladi. Masalan, fonema belgi bo‘lsa, harf uning substitutidir. Gap kommunikativ belgi bo‘lsa, uning matematik modeli substitut sanaladi. Substitut belgilar axborot tizimida keng tarqalgan. Uning ko‘p qo‘llaniladigani matematik belgilardir. Substitutlar metatil (metoyazыk) ni ifodalovchi vositadir. Belgilar tizimini o‘rganish, uni sistemalashtirish bilan bog‘liq muammolarning paydo bo‘lishi semiotika degan maxsus fanni yuzaga keltirdi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling