3-mavzu: Tilning semiotik tabiati. Tilshunoslik bo'limlari. Tilning fonetik-fonologik sathi Reja


Download 1.57 Mb.
bet1/5
Sana09.05.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1448810
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tilning semiotik tabiati.


3-mavzu:
Tilning semiotik tabiati. Tilshunoslik bo'limlari. Tilning fonetik-fonologik sathi
Reja:
1.Tilning belgi sifatida o‘rganilishi.
2.Tildagi belgilar va aspektiv munosabat.
3.Belgining lisoniy va nolisoniy xususiyatlari.
4.Semiotika va uning yo‘nalishlari.
 
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar: belgilar tizimi, V. Gumboldt, F.Fortunatov, F. de Sossyur, V. A. Bogoroditskiy, L. A. Abramyan, belgi aspektlari, lisoniy va nolisoniy belgilar, signal, simvol, semiotika, semiotika yo‘nalishlari
1.Tilning belgi sifatida o‘rganilishi.
Til eng muhim aloqa vositasi va tafakkur qurolimi, u qanday paydo bo‘ldi, so‘z, buyum va narsa munosabati qanday, so‘zning mazmuni, belgisi nima, tildagi boshqa kommunikativ vositalar nimalardan iborat, hayvon tiliga ega bo‘lishi mumkinmi, degan savollar ko‘plab tadqiqotchilarni qiziqtirib keladi. Bu xil savollarga javob qaytarish uchun tilning tabiiy o‘ziga xos tovush belgisini bilish lozim bo‘ladi.
Tilning belgilar tizimi ekanligi haqidagi fikrlar antik davrlardagi stoiklar falsafasiga, Demokritning so‘z va predmet munosabati haqidagi munozaralariga borib taqaladi. D. Lokk, G. Gegel, V. Gumboldt, F.F. Fortunatov, F. de Sossyur belgilar tizimining kelajagini izohlab berdilar.
F. de Sossyur o‘zining «Umumiy lingvistika kursi» asarida belgilar haqida fikr yuritadigan sohani semiologiya deb atadi va tilning belgilar xususiyatini shunday ta’riflaydi: «Til - belgilar tizimidir. Bunda birdan–bir muhim narsa mazmun bilan akustik obrazning birikishi hisoblanadi. Shu bilan birga, belgining bu ikki elementi teng mohiyatli psixik hodisalardir». (1:188 ) U belgi atamasini butunni ko‘rsatish uchun saqlashni, «tushuncha» va «akustik obraz» atamalarini ularga mos keluvchi «ifodalanuvchi» va «ifodalovchi» atamalari bilan almashtirishni tavsiya etadi. V. A. Bogorodskiy «nutqimizda so‘zlar, tushunchalar va fikrlarni ifodalovchi simvollar yoki belgilar» mavjud, deb ko‘rsatadi (2:4
Shunday bo‘lishiga qaramay, belgi tuzilishi to‘g‘risida bir-biriga qarama-qarshi ikki xil fikr bor. Birinchi fikr tarafdorlarining vakili L.A. Abramyan belgini ham ifoda planiga, ham material, ham mazmun planiga ega deydi. Uningcha, belgi o‘zi uchun muhim emas, faqat o‘zidan keyingilar uchun muhimdir (3:34). Bu nuqtayi nazarga qarshi turgan V.Z.Panfilov, A.A.Vetrov, V.M.Solnsevlar belgi bir tomonlama hodisa, u faqat ifoda planiga ega, belgi hamma vaqt mazmun bilan aloqada deb hisoblaydilar. Buning sababi:1) tovush qatori faqat predmetni ko‘rsatmaydi, balki ma’noning o‘zini ko‘rsatadi; 2) belgi shartli, ixtiyoriy, mazmuni esa shartli emas, u haqiqatni aks ettirishda aniqlanadi; 3)ma’no bilim fakti, miyada saqlanadi, belgi hamma vaqt undan tashqaridadir, deb ko‘rsatadi (4:2).

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling