3-mavzu. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi mavzu rejasi: Tovar-moddiy zaxiralar (tmz) haqida tushuncha. Tmz lar hisobining asosiy vazifalari
Download 100.03 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Transport-tayyorlov xarajatlari hisobi.
tannarxi bo‘yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya
hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bo‘lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo‘yicha yoki sotishning sof qiymati. sotish qiymati ularning sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga teng bo‘lmasligi mumkin. 3 Tovar-moddiy zaxiralari sof sotish qiymatigacha quyidagi usullar asosida qisman hisobdan chiqariladi: 1. Moddalar bo‘yicha usul – bunda tovar-moddiy zaxiralarining har bir turi baholanadi; 2. Asosiy tovar guruhlarining usuli – bunda tovar-moddiy zaxiralarining guruh imtiyozi baholanadi; 3. Zaxiralarning umumiy darajasi usuli – bunda hamma tovar-moddiy zaxiralari baholanadi. TMZlar hisobdan chiqarilgan ularning haqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshirish mumkin: 7. Transport-tayyorlov xarajatlari hisobi. Materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinganida ko‘p hollarda ularni sotib olish hamda tayyorlash bilan bog‘liq operatsiyalar 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqning debetida 6010, 2310, 2010, 6990 va boshqa hisobvaraqlarning kreditlari bo‘yicha materiallarning sotib olish qiymati qiymati shakllanadi. Shuningdek bu yerda materiallar bilan bog‘liq transport-tayyorlov xarajatlari ham ifodalanadi. Bu hisobvaraqning kredit tomonida 1010-1090-hisobvaraqlarning debeti bo‘yicha haqiqatda kelib tushgan va kirim qilingan materiallarning hisob qiymati aks ettiriladi. Hisob narxlarida qabul qilingan materiallar va ularni sotib olish hamda tayyorlash qiymatlari orasidagi farq 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va har oyning oxirida 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘ining debetida yig‘ilgan summa ishlab chiqarishga va boshqa ehtig‘jlarga sarflangan materiallarning qiymatiga mutanosib taqsimlanib, xarajatlar hisobvarag‘iga ko‘chiriladi. 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag‘i debetidagi qoldiq korxonaga hali kelib tushmagan yo‘ldagi materiallar qiymatini ifodalaydi. Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham kiradi. Bularga materiallarning shartnoma qiymatidan tashqari ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar materiallarning turlari bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarda mavjud materiallarning umumiy hajmi bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi. 3 International Accounting Standard 2 Inventories. IFRS 2016, Red book. Download 100.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling