3-mavzu. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi mavzu rejasi: Tovar-moddiy zaxiralar (tmz) haqida tushuncha. Tmz lar hisobining asosiy vazifalari


Download 100.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana16.11.2023
Hajmi100.03 Kb.
#1778231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
tannarxi bo‘yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya 
hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bo‘lib past baholash qoidasi 
hisoblanadi: tannarx bo‘yicha yoki sotishning sof qiymati.


sotish qiymati ularning sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga teng 
bo‘lmasligi mumkin.
3
Tovar-moddiy zaxiralari sof sotish qiymatigacha quyidagi usullar asosida qisman 
hisobdan chiqariladi: 
1. Moddalar bo‘yicha usul – bunda tovar-moddiy zaxiralarining har bir turi 
baholanadi; 
2. Asosiy tovar guruhlarining usuli – bunda tovar-moddiy zaxiralarining guruh 
imtiyozi baholanadi; 
3. Zaxiralarning umumiy darajasi usuli – bunda hamma tovar-moddiy zaxiralari 
baholanadi. 
TMZlar hisobdan chiqarilgan ularning haqiqiy tannarxini aniqlash, ularni 
baholashning quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshirish mumkin: 
7. Transport-tayyorlov xarajatlari hisobi. 
Materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinganida ko‘p hollarda ularni sotib 
olish hamda tayyorlash bilan bog‘liq operatsiyalar 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid 
qilish» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqning debetida 6010, 2310, 2010, 
6990 va boshqa hisobvaraqlarning kreditlari bo‘yicha materiallarning sotib olish qiymati 
qiymati shakllanadi. Shuningdek bu yerda materiallar bilan bog‘liq transport-tayyorlov 
xarajatlari ham ifodalanadi. 
Bu hisobvaraqning kredit tomonida 1010-1090-hisobvaraqlarning debeti bo‘yicha 
haqiqatda kelib tushgan va kirim qilingan materiallarning hisob qiymati aks ettiriladi. 
Hisob narxlarida qabul qilingan materiallar va ularni sotib olish hamda tayyorlash 
qiymatlari orasidagi farq 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘iga 
o‘tkaziladi va har oyning oxirida 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» 
hisobvarag‘ining debetida yig‘ilgan summa ishlab chiqarishga va boshqa ehtig‘jlarga 
sarflangan materiallarning qiymatiga mutanosib taqsimlanib, xarajatlar hisobvarag‘iga 
ko‘chiriladi. 
1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag‘i debetidagi qoldiq 
korxonaga hali kelib tushmagan yo‘ldagi materiallar qiymatini ifodalaydi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham kiradi. 
Bularga materiallarning shartnoma qiymatidan tashqari ularni sotib olish bilan bog‘liq 
barcha xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar materiallarning turlari bo‘yicha tegishli 
hisobvaraqlarda mavjud materiallarning umumiy hajmi bo‘yicha transport-tayyorlov 
xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi. 
3
International Accounting Standard 2 Inventories. IFRS 2016, Red book.

Download 100.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling