3-mavzu. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi mavzu rejasi: Tovar-moddiy zaxiralar (tmz) haqida tushuncha. Tmz lar hisobining asosiy vazifalari


 Xo‘jalik jihozlari va inventarlari hisobining o‘ziga hususiyatlari


Download 100.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana16.11.2023
Hajmi100.03 Kb.
#1778231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10. Xo‘jalik jihozlari va inventarlari hisobining o‘ziga hususiyatlari. 
1080 "Inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida korxonaning aylanma mablag‘lari 
tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xo‘jalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining 
(kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi. 
Ushbu schyotda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga olinadi: 
a) xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan; 
b) xizmat qilish muddatidan qat’i nazar bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib 
olish vaqtida) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik 
barobarigacha bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida buyumlarning inventar va xo‘jalik 
jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga 
ega. 
Mol-mulk inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi 
mezonlarga javob berishi lozim: 
- xizmat muddati bir yildan oshmagan; 
- xizmat muddatidan qat’i nazar bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston 
Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha 
miqdorda qiymatga ega bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida ularni inventar va xo‘jalik 
anjomlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining kamroq chegarasini 
belgilashga haqli.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga 
quyidagilar kiritiladi: 
- maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va 
ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun 
mo‘ljallangan, maqsadli asbob va moslamalar); 
- maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal; 
- ko‘rpa-to‘shaklar; 
- yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va 
hokazolar); 
- oshxona inventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar; 
- barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan 
vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, moslamalar va qurilmalar; 
- foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan uskunalar; 
- ovlash qurollari (to‘rlar, matraplar, trallar va hokazo). 
Korxona ularning vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rniga bog‘liq holda 
inventar, asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish uchun hisobvaraqlarni mustaqil 
ochish huquqiga ega. Topshirish paytida inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati 
to‘laligicha ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga kiritiladi. 
Korxonalar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xo‘jalik jihozlarni hisobga 
oluvchi schyotlarni ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rni va roliga qarab 
ochishlari mumkin. Ularning qiymati foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki 
davr xarajatlariga to‘liq qo‘shiladi. Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining 
saqlanishini ta’minlash maqsadida keyinchalik ularning hisobi balansdan tashqari 014 


"Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida sex, ombor va alohida 
foydalanuvchilar bo‘yicha yuritiladi. 
Inventar va xo‘jalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz xolga kelgan 
hollarda ularni balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi. 

Download 100.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling