3-mavzu. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi mavzu rejasi: Tovar-moddiy zaxiralar (tmz) haqida tushuncha. Tmz lar hisobining asosiy vazifalari


TMZ larning inventarizatsiya qilish va natijalarini buxgalteriya hisobi


Download 100.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana16.11.2023
Hajmi100.03 Kb.
#1778231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9. TMZ larning inventarizatsiya qilish va natijalarini buxgalteriya hisobi 
yozuvlarida aks ettirish. 
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasiga muvofiq “Buxgalteriya 
hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda ishonchliligi aktivlar va 
majburiyatlarni majburiy tarzda inventarizatsiyadan o‘tkazish orqali tasdiqlanadi. 
Inventarizatsiya ob’ektlari, uni o‘tkazish tartibi va muddatlari inventarizatsiya bo‘yicha 
buxgalteriya hisobi standartida belgilanadi.”
5
Korxonalarning buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi 
ularning ishlab chiqarish zahiralari inventarizatsiya qilish bilan tasdiqlanadi. Ishlab 
chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» 
nomli 19-son BHMA va «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAlar bilan tartibga 
solinadi. 
Inventarizatsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad - ishlab chiqarish zahiralarining 
natura va qiymat ko‘rinishida amalda mavjud ekanligini aniqlashdan iborat. 
Inventarizatsiya qilish natijasida boyliklarning to‘g‘ri saqlanishi va berilishi, tarozi va 
o‘lchov asboblarining holati, hisob yuritish tartibi va boshqalar tekshiriladi. 
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish bir yilda kamida bir marta 
moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyayuridan keyin amalga 
oshiriladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zahiralarining saqlanishini, ularni saqlash 
shart-sharoitlarini va omborda hisobga olish ahvolini nazorat qilish uchun 
inventarizatsiyalar o‘rtasidagi davrda muntazam tekshirishlar va materiallarni tanlab 
inventarizatsiyalash o‘tkazilishi kerak.
Quyidagi holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o‘tkazilishi shart: 
• korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, sotish, shuningdek davlat 
korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog‘ida; 
• tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganida; 
• moddiy javobgar shaxs o‘zgarganida; 
• talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan 
bog‘liq faktlar aniqlanganida; 
• yong‘in yoki tabiiy ofatlar sodir bo‘lganida; 
• korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda. 
Tekshirish ko‘lamiga ko‘ra inventarizatsiya yoppasiga yoki tanlab o‘tkaziladigan, 
o‘tkazish vaqti bo‘yicha rejalashtirilgan yoki to‘satdan o‘tkaziladigan inventarizatsiyalarga 
bo‘linishi mumkin. 
Inventarizatsiyani o‘tkazishga korxona rahbari va bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. 
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish inventarizatsiya qiluvchi ishchi 
komissiyalar tomonidan moddiy javobgar shaxs ishtirokida amalga oshiriladi.
Inventarlash davrida moddiy boyliklarning mavjudligi tarozida tortish, o‘lchash usuli 
bilan aniqlanadi va ro‘yxatda rasmiylashtiriladi. Ro‘yxatni moddiy javobgar shaxs 
imzolaydi. 
Inventarizatsiya qilish natijasida materiallar bo‘yicha hujjatlardagi ma’lumotlar va 
haqiqiy qoldiqlar orasidagi farq solishtiruv qaydnomasida rasmiylashtiriladi. 
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan haqiqiy 
mavjud mulk va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlar quyidagicha aks 
ettiriladi: 
Inventarizatsiya natijasida kamomad aniqlandi: 
5
“Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш ва қўшимчалар 
киритиш ҳақида. 2016 йил 13 апрель. № ЎРҚ-404. 


D-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» 
K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar». 
Kamomad summasi davr xarajatlariga o‘tkazildi: 
D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar». 
K-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar». 

Download 100.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling