3-mavzu. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi mavzu rejasi: Tovar-moddiy zaxiralar (tmz) haqida tushuncha. Tmz lar hisobining asosiy vazifalari
TMZ larning buxgalteriyadagi (sintetik) hisobi
Download 100.03 Kb. Pdf ko'rish
|
8. TMZ larning buxgalteriyadagi (sintetik) hisobi.
Sintetik hisob qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda buxgalteriya hisobi ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarni muayyan iqtisodiy belgilari bo‘yicha umumlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 4 Korxona buxgalteriyasida moddiy boyliklarning kirim-chiqimlari xususidagi barcha birlamchi hujjatlar: manzil belgilari, imzolar, summalar va amalga oshirilgan tadbirlarning qonunga to‘g‘ri kelish-kelmasligi tekshiriladi. Kirim orderlaridagi yozuvlar tegishli to‘lov hujjatlari, schyot-fakturalar, yukxatlar va boshqa hujjatlar bilan solishtiriladi. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar qayta ko‘rib chiqish uchun qaytariladi. Buxgalteriyada tekshirishdan o‘tkazilgan hujjatlar taksirovka qilinadi, ya’ni material miqdori uning narxiga ko‘paytirilib, hujjat bo‘yicha umumiy summa aniqlanadi. Keyin barcha kirim-chiqim hujjatlari omborlar, jamlama hisobvaraqlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi, bu guruhlar esa hisob narxi bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘linadi. Bu 4 “Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида. 2016 йил 13 апрель. № ЎРҚ-404, 8-модда. hujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi materiallarning jamlama hisobi jamg‘aruv qaydnomasiga yozib qo‘yiladi. Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish mumkin: 1010-«Xom-ashyo va materiallar» 1020-«Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar» 1030-«Yoqilg‘i» 1040-«Ehtiyot qismlar» 1050-«Qurilish mollari» 1060-«Idish va idish materiallari» 1070-«Boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar» 1080-«Inventar va xo‘jalik anjomlari» 1090-«Boshqa materiallar». Ushbu hisobvaraqlarning debetida ishlab chiqarish zahiralarining ko‘payishi, kreditida esa ularning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun sarflanishi aks ettiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan hisobvaraqlar aktiv hisoblanib, ularning debetidagi qoldiq hisobot davri boshidagi materiallar qoldiG‘ini aks ettiradi. Mol yetkazib beruvchilar schYotlari va ombor kirim orderlari asosida omborga materiallarning qabul qilinishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar». Qabul qilish vaqtida materiallarning kamomadi yoki yetishmasligi aniqlansa, u holda materialning sotib olinish bahosiga quyidagicha provodka beriladi: D-t 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar» K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schYotlar». Agarda korxonaga keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchilar hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lsa, u holda ko‘p chiqqan material qiymatiga tegishli material schyotlari debetlanib, 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» hisobvarag‘i kreditlanadi. Sotib olingan materiallar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar schyotining to‘lanishiga quyidagicha provodka beriladi: D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schYotlar». K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti». Korxonaning o‘zida tayyorlangan va omborga qabul qilingan materiallarning haqiqiy tannarxiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» K-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish». Materiallarning sarflanishini buxgalteriya hisobida hisobga olishning muhim xususiyatlari mavjud. Korxonada materiallar quyidagi maqsadlar tufayli ombordan chiqib ketishi mumkin: ishlab chiqarishga sarflanganida; ortiqcha materiallar sotilganida va boshqa hollarda. Ombordan ishlab chiqarishga materiallar sarflanganida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: D-t Ishlab chiqarish xarajatlari (2010, 2310, 2510 va hokazo) K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling