3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


Tuproqning suv xossalari va uning turlari


Download 298.41 Kb.
bet13/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
3-lektsiya

Tuproqning suv xossalari va uning turlari. Tuproq qatlamida saqlanadigan suvning holatini belgilovchi uning barcha xossalari yig’indisiga suv (suv-fizik, gidrofizik) xossalari deyiladi. Eng muhim suv xossalariga tuproq ning suvni ushlab, saqlab turish qobiliyati, nam sig’imi, suv ótkazuvchanligi va suv kótaruvchanlik qobiliyati kabilar kiradi. Suvni ushlab turish qobiliyati - tuproqning muhim xossalaridan biri bólib, suvni oqib ketishdan saqlab, namni ushlab tura olish qobiliyati hisoblanadi. Tuproqning suvni ushlab tura olish qobiliyatini miqdor jihatdan xarakterlovchi kórsatkich, uning nam sig’imi hisoblanadi.
Tuproqning nam sig’imi - turli kuchlar ta’sirida ma’lum miqdordagi suvni singdirishi va ushlab turish qobiliyatidir. Tuproqdagi namni ushlab turadigan kuchga qarab va turli sharoitlarga kóra nam sig’imining quyidagi turlari: maksimal adsorbilangan nam sig’imi, maksimal molekulyar nam sig’imi, kapillyar nam sig’imi, eng kam yoki dala nam sig’imi va tóliq maksimal nam sig’imi kabilar ajratiladi.
M a k s i m a l a d s o r b i l a n g a n n a m s i g’ i m i (MANS) - tuproq zarrachalari yuzasida sorbilanish (yutish) kuchlari ta’sirida eng kóp miqdorda ushlab turilishi mumkin bólgan suv miqdori hisoblanadi. Bu namlik tuproqdagi mustahkam birikkan (adsorbilangan) suv miqdoriga tóg’ri keladi. M a k s i m a l m o l e k u l ya r n a m s i g’ i m i (MMNS) (A.F.Lebedev bóyicha) - molekulyar tortish kuchlari ta’sirida tuproq zarrachalari yuzasida ushlanib turishi mumkin bólgan, ya’ni bósh birikkan (parda) suvning yuqori chegarasini xarakterlaydi. Maksimal molekulyar nam sig’imi asosan tuproqning mexanik tarkibiga bog’liq.
Kapillyar nam sig’imi (KNS) - kapillyar kayma (bevosita suvli qatlam ustida joylashgan va kapillyar tiralgan suv bilan tóyingan tuproq qatlami) chegarasidagi tuproqda ushlanib turishi mumkin bólgan eng kóp miqdordagi kapillyar-tiralgan suv hisoblanadi. Kapillyar nam sig’imi miqdori tuproq g’ovakligiga va shuningdek suv bilan tóyingan qatlam, sizot suvi sathidan qanchalik masofada joylashuviga bog’liq. Bu masofa qanchalik kóp bólsa KNS shuncha kam bóladi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin (1,5-2,0 m) bólganda kapillyar kayma (tuproq qatlami) yuzasigacha namlanadi va kapillyar nam sig’imi eng yuqori (órtacha qumoq tuproqlarning 1,5 m qatlami uchun 30-40 foiz) bóladi. Sizot suvlari sathiga kóra KNS doimiy emas.
E n g k a m n a m s i g’ i m i (EKNS) - sizot suvlari chuqurda joylashgan sharoitda oshiqcha suv oqib ketgandan keyin, tuproqda ushlanib turishi mumkin bólgan kapillyar-muallaq namlikning eng kóp miqdori hisoblanadi. Eng kam nam sig’imi atamasiga dala nam sig’imi (DNS), umumiy nam sig’imi (UNS) va chekli dala nam sig’imi (ChDNS) tushunchalari tóg’ri keladi. ChDNS termini agronomiya amaliyotida va meliorasiyada keng qóllaniladi. Eng kam nam sig’imi tuproqning mexanik tarkibi, struktura holati va zichligiga bog’liq. Og’ir tarkibli va yaxshi strukturali tuproqlarda EKNS 30-35, qum tuproqlarda 10-15 foizdan oshmaydi. EKNS tuproqning muhim gidrologik kórsatkichi bólib, u bilan tuproqdagi nam defisiti (yetishmaydigan nam) tushunchasi bog’liq. Shuningdek, ENKS ga kóra sug’orish va shór yuvish normalari, sug’orish muddatini belgilash mumkin. Agar sug’orish normasi ma’lum qatlamda EKNS ga nisbatan kóp bólsa, suv foydasiz sarflanadi, oshiqcha suv esa tuproqning pastki qatlamlariga oqib ótib, sizot suvlarini kótaradi. Eng kam nam sig’imi va tuproqning mavjud namligi orasidagi farq tuproqdagi nam tanqisligini tashkil etadi.

Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling