3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


Download 298.41 Kb.
bet2/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3-lektsiya

Tuproq strukturasining turlari.
Turli tabiiy sharoitlarda hosil bóladigan tuproqlarning struktura agregatlari nafakat katta-kichikligi, balki shakli bilan ham farq qiladi. Har bir tuproq tipi uchun óziga xos struktura xarakterli. Strukturaning asosan: kubsimon, prizmasimon va plitasimon kabi uch xil shakli ajratiladi. Agronomik nuqtai nazardan P.V.Vershinin bóyicha, tuproq strukturasi ólchami (katta-kichikligi) ga kóra quyidagi gruppalarga: 1) >10 mm, kesakli struktura; 2) 10-0,25 mm gacha makrostruktura; 3) 0,25-0,01 mm gacha dag’al mikrostruktura; 4) 0,01 mm dan kichik nozik mikrostrukturaga bólinadi. Odatda tuproq strukturasi: 0,25-10 mm gacha bólgan m a k r o s t r u k t u r a va 0,25 mm dan kichik agregatlardan iborat m i k r o s t r u k t u r a g a ajratiladi. Tadqiqotlardan ma’lumki, qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqlarda optimal holidagi strukturaning bólishi uchun 0,25 mm dan katta agregatlar miqdori 70-80 foiz (jumladan, suvga chidamli agregatlar 40-60 foizni) tashkil etishi muhim ahamiyatga ega. Yirik makrostrukturalar tuproqdagi eng qulay suv-havo xossalarini yuzaga keltiradi. Makrostruktura bilan bir qatorda tuproq unumdorligida, ayniqsa 0,25 dan 0,05 mm gacha ólchamli mikrostrukturalarning roli ham katta. Mikrostrukturalar Órta Osiyoning bóz tuproqlari sharoitida ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlaydi.
Strukturaning qimmati (sifati) ularning nafaqat ólchami bilan balki suvga chidamliligi va mexanik jihatdan mustahkamligi bilan ham belgilanadi. Shunday xususiyatga ega bólgan strukturalar uzoq vaqt buzilmasdan saqlanadi, ular yomg’ir va sug’orish suvlari ta’sirida changlanib ketmaydi, yerga mexanik ishlov berilganda barqaror, chidamli bólib qoladi. Turli tabiiy zonalardagi tuproqlarning haydalma qatlamida suvga chidamli strukturalar miqdori bir xil emas. Chimli podzol tuproqlarning haydalma qatlamida 10 dan 0,25 mm gacha bólgan suvga chidamli agregatlar miqdori 30-40 foiz, tipik va oddiy qora tuproqlarda 60-70, kashtan tuproqlarda 15-25, bóz tuproqlarda - 5-10 foiz atrofidadir. Turli zona qóriq yerlari tuproqlarida makrostrukturaning mustahkamligi turlicha (7- rasm).
Strukturaning eng muhim kórsatkichlaridan biri, uning g’ovakligidir. Eng yaxshi strukturali qora tuproqlarda agregatlar oralig’idagi g’ovaklik, uning hajmiga nisbatan 50 foizga yaqin bólib, tuproqlarda eng qulay suv-havo xossalarini yaratadi. Strukturadagi g’ovaklik qanchalik oz bólsa, tuproqda ósimliklar uchun foydali nam, havo shuncha kam va ósimliklarning ósib, rivojlanishi uchun sharoit ham yomon bóladi.

Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling