3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


Strukturani saqlab qolish tadbirlari


Download 298.41 Kb.
bet6/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3-lektsiya

Strukturani saqlab qolish tadbirlari.
Tuproq strukturasining buzilish sabablarini e’tiborga olgan holda strukturani saqlab qolishga qaratilgan quyidagi muhim tadbirlardan samarali foydalanish zarur: 1) tuproqlarning xossalari va óziga xos xususiyatlariga qarab yerga ishlov berishning samarali sistemalaridan foydalanish; 2) yer óz vaqtida, yetilgan holatda ya’ni agregatlari bir-biriga yopishib, kesaklar hosil qilmaydigan paytda haydalishi; 3) ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlashda organik, mineral óg’itlardan muntazam va samarali foydalanish hamda shu bilan bir qatorda strukturani yaxshilab borish chora-tadbirlarini olib borish agronomiyadagi zarur tadbirlardandir.
Kóp yillik ótlar serildiz bólganidan, yerda kóp miqdorda chirindi tóplaydi va tuproqning ustki qismida suvga chidamli struktura hosil bólishida muhim rol óynaydi. Struktura eskidan foydalanib kelinadigan yerlarda, qóriq yerlarga nisbatan keskin kamayadi. Turli ótlarning tuproq strukturasiga ta’siri 14-jadvalda berilgan.
Jadvaldan kórinib turibdiki, tabiiy ósimliklari yaxshi ósgan qóriq yerlarda struktura (0,25 mm dan katta agregatlar) ancha yuqori. Eskidan g’óza ekiladigan yerlarda >0,25 mm li mikroagregatlar miqdori 7-22 foiz bólgan holda, uch yillik beda ekish natijasida, uning miqdorda 2-5 barobar kópayadi (35-48 foizga yetadi). Demak, almashlab ekish tuproq strukturasini yaxshilashning muhim vositasidir.
14-jadval
Tuproq strukturasiga ótlarning ta’siri.
(M.Boxodirov, A.Rasulovdan)

Tuproq va uning holati

>0,25 mm li agregatlar miqdori, %

Tuproq va uning holati

>0,25 mm li agregatlar miqdori, %

Oddiy qora tuproq:
qóriq yer
eski ekinzor
Shimoliy qora tuproq:
eski ekinzor
ikki yillik ótlar
Tóq tusli kashtan:
qóriq yer
qora shudgor

88,7
57,6


44,6
63,6


29,3
28,0



Sug’oriladigan bóz tuproq
eski paxtazor
uch yillik bedapoya
Bóz tuproq mintaqasidagi ótloq tuproq;
yangi ochilgan qóriq yer
eski paxtazor
uch yillik bedapoya

7,0
35,0


61,0
22,0
48,0


Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling