3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja
Tuproq suvining kategoriyalari, shakllari
Download 298.41 Kb.
|
3-lektsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy birikkan suv
Tuproq suvining kategoriyalari, shakllari. Tuproqning turli g’ovaklik va bóshliqlarida saqlanadigan suv tuproq qattiq fazasi bilan bevosita va ózaro bog’liq bóladi. Bu aloqa óz navbatida tuproqdagi namning holatiga, uning xossalariga va ósimliklarga ótib foydalanishga ta’sir etadi. Tuproqdagi nam turli tabiiy kuchlar, jumladan, tuproq qattiq fazasida róy beradigan og’irlik va molekulyar tortish kuchi, suv molekulalari orasida bóladigan molekulyar tortishish kuchi kabilar ta’sirida ushlanib turadi. Ammo tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi, gumus miqdori kabi xossalari va undagi nam miqdoriga kóra, muayyan alohida kategoriyadagi kuchlar kóproq bóladi. Shunga kóra tuproq namligining harakati ham turlicha va ózgarib turadi. Ana shu omillar tuproqdagi turli suv shakllarini aniqlashda e’tiborga olinadi. Bir xil xossaga ega bólgan suvning qismlari, tuproqdagi suv shakllari deb ataladi.
Tuproq qattiq fazasi bilan ózaro mustahkam bog’liqligi va harakatchanlik darajasiga qarab tuproqdagi suvning quyidagi asosiy kategoriya va shakllari: 1) kimyoviy birikkan suv; 2) fizik birikkan (sorbilangan, yutilgan) suv: a) fizik mustaxkam birikkan (gigroskopik) suv; b) fizik bósh birikkan (parda) suv; 3) kapillyar suv; 4) gravitasion suv; 5) sizot suvi; 6) bug’simon suv; 7) qattiq suv ajratiladi ( 9-rasm, 10-rasm). Tuproqdagi nam turli tabiiy kuchlar, jumladan, tuproq qattiq fazasida róy beradigan og’irlik va molekulyar tortish kuchi, suv molekulalari orasida bóladigan molekulyar tortishish kuchi kabilar ta’sirida ushlanib turadi. Ammo tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi, gumus miqdori kabi xossalari va undagi nam miqdoriga kóra, muayyan alohida kategoriyadagi kuchlar kóproq bóladi. Shunga kóra tuproq namligining harakati ham turlicha va ózgarib turadi. Bu aloqa óz navbatida tuproqdagi namning holatiga, uning xossalariga va ósimliklarga ótib foydalanishga ta’sir etadi. Kimyoviy birikkan suv. Tuproqdagi turli kimyoviy birikmalar (minerallar) tarkibida gidroqsil gruppa [Fe(OH)3, Al(OH)3] shaklida (konstitusion suv) yoki yaxlit molekulyar (CaSO4·2H2O, Na2SO4·10H2O) holida (kristalizasiya suvi) saqlangan bóladi. Birinchisi tuproqni 400-8000C qizdirganda, ikkinchisi esa 100-2000C da ajralib chiqadi. Kimyoviy birikkan suv tuproq trkibining muhim kórsatkichi bólib, ammo bu suv ósimliklar uchun ózlashtirilmaydigan holatdadir. Download 298.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling