3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


Strukturaning agronomik ahamiyati


Download 298.41 Kb.
bet4/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3-lektsiya

Strukturaning agronomik ahamiyati.
Ilgari aytilganidek, agronomik nuqtai nazardan tuproqning haydalma qatlamida 10 dan 0,25 mm gacha bólgan makroagregatlarning ahamiyati katta. Makroagregatlarga ajralib turadigan tuproqlarga s t r u k t u r a l i, 0,25 mm dan kichik mikroagregatlar kóp bólgan tuproqlarga s t r u k t u r a s i z tuproqlar deyiladi. Kesakli struktura ham strukturasiz tuproqlar jumlasiga kiradi.
Strukturali tuproqlar strukturasiz tuproqlarga nisbatan ózining g’ovak qovushmasi, kam zichligi va yuqori g’ovakligi hamda kovakliklarning sifat kórsatkichlari bilan farqlanadi.
Strukturasiz tuproqlarda nozik ingichka kapillyarlar kóp bólib, strukturali tuproqlarning makroagregatlari orasida va ular ichida yirik bóshliqlar serob. Struktura holatiga kóra tuproqlarning suv ótkazuvchanligi keskin farq qiladi. Suv kótaruvchanligining tezligi va balandligi strukturasiz tuproqlarda yuqori bólganidan, nam tez bug’lanib ketadi. Strukturali tuproqlarda esa aksincha nam uzoq saqlanadi. Tuproq strukturasi havo almashinuvida ham muhim rol óynaydi. Mikroagregatlar (<0,25) da (hatto ular quruq xolida ham) havo almashinuvi yomon bóladi. Makrostrukturalarda esa, yuqori namlikda ham havo almashinuvi yaxshi bólib turadi. Strukturasiz tuproqlarda nam yetarli bólganda ham, ósimliklarning ildizi va aerob mikroorganizmlar erkin kislorod yetishmasligidan qiynaladi. Havo yetarli bólganda, aksincha foydali nam kamayadi. Strukturasiz tuproqlardan atmosfera yog’inlari sekin ótadi. Bahorgi kuchli yomg’irlar yer yuzasidan oqib ketib, tuproqning eroziyalanishiga sabab bóladi.
Strukturali tuproqlarda suv bilan havo órtasida qarama-qarshilik bólmaydi. Ósimliklar uchun yetarli miqdorda nam bólganda, havo zahirasi ham yetarlidir. Bu tuproqlar shamol va suv eroziyasiga chidamli. Strukturali tuproqlarda mikrobiologik jarayonlar yaxshi kechadi va ósimliklar uchun maqbul ótadigan oziq elementlari tóplanadi. Strukturali tuproqlarning g’ovak holda bólishi, urug’larning tez va sifatli unib chiqishi hamda ildizlarining yaxshi rivojlanishiga imkon beradi .
Bu tuproqlarda urug’larning unib chiqishi va ildizlarning rivojlanishi yomonlashadi. Demak, strukturali tuproqlarda strukturasiz yerlarga nisbatan suv-havo, issiqlik va oziq rejimlari ancha qulay. Shuning uchun ham bu tuproqlar unumdor hisoblanadi. Har ikkala (strukturali va strukturasiz tuproqlar) sharoitida qullaniladigan, bir xildagi agrotexnik tadbirlar hamma vaqt strukturali yerlarda yaxshi samara beradi va hosil ham yuqori bóladi. Bunday yerlar ishlanganda kam kuch va energiya sarflanadi.
Strukturasiz tuproqlar nam bólganda tez ezgilanadi, quriganda zichlanib qatqaloq hosil qiladi (8-rasm).
Strukturali tuproqlarda suv bilan havo órtasida qarama-qarshilik bólmaydi. Ósimliklar uchun yetarli miqdorda nam bólganda, havo zahirasi ham yetarlidir. Bu tuproqlar shamol va suv eroziyasiga chidamli. Strukturali tuproqlarda mikrobiologik jarayonlar yaxshi kechadi va ósimliklar uchun maqbul ótadigan oziq elementlari tóplanadi. Strukturali tuproqlarning g’ovak holda bólishi, urug’larning tez va sifatli unib chiqishi hamda ildizlarining yaxshi rivojlanishiga imkon beradi (7-rasm).




Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling