3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


Strukturani sun’iy yóllar bilan tiklash usullari


Download 298.41 Kb.
bet7/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
3-lektsiya

Strukturani sun’iy yóllar bilan tiklash usullari.
Agrotexnika tadbirlari bilan bir qatorda, keyingi yillarda strukturani sun’iy yóllar bilan tiklash usullariga katta e’tibor berilmoqda. Akademik A.F.Ioffe dastlabki davrlarda struktura paydo qiladigan yelimlovchi moddalardan kolloid A (lignin-oqsil aralashmasi) va viskozadan, shuningdek, torf va smoladan olinadigan bir qator yelimlardan foydalanishni taklif etdi. Bunga óxshash moddalar: ayniqsa gumat yelimlari (ammoniy yoki kaliy gumatlari) tuproqqa solinganda, uning suvga chidamliligi oshib, strukturasi yaxshilanadi va eroziyaga barqarorligi kótariladi. Ammo buning uchun juda kóp yelim kerak bóladi. Shu sababli hozirgi vaqtda struktura hosil etishda polimerlardan foydalanish yóli ishlab chiqilgan: bular ancha samarali bólib, krilium ("K") deb yuritiladi. Odatda ular turli xildagi poliakril kislotalarining tuzlaridan iboratdir. Masalan, vinilasetat qósh polimerlari va malein kislotasining kalsiy tuzi, poliakril kislotasining natriy tuzi hamda poliakril kislotasining qóshaloq natriy - ammoniyli tuzi shular jumlasiga kiradi. Keyingi yillarda maxsus samarali polimer modda, qósh polimer VIII yaratildi va sinab kórildi. U metaakril kislota va metaakrilamidlardan tashkil topgan.
Órta Osiyo respublikalarida ham sun’iy struktura yaratish va tuproqning eroziyaga chidamliligini oshirish, ósimliklarning oziq rejimini yaxshilash maqsadida turli polimerlardan foydalanish borasida kóplab tajribalar olib borildi (V.B.Gussak, K.P.Paganyas). Ba’zi bir polimerlarning preparatlari sug’oriladigan bóz tuproqlar sharoitida 0,25 mm dan katta agregatlar miqdorini 70-80 % gacha kópaytirishi aniqlangan. Ana shunday yól bilan hosil qilingan suvga chidamli strukturalar, tuproqning suv-fizik xossalarini, biologik jarayonlarni va umuman ósimliklarning oziq rejimlarini yaxshilaydi. Tuproqning suv va shamol eroziyasiga qarshi chidamliligini bir necha barobar oshiradi.
2. Tuproqning suv xossalari. Kóp fazali va dispers sistema hisoblangan tuproq tarkibida doim ma’lum miqdorda suv singdirilib, ushlanib turilgan bóladi. Quruq tuproq (105oC da quritilgan) massasiga nisbatan prosent hisobida saqlanadigan suv, tuproq namligini belgilaydi. Tuproq namligi uning hajmiga nisbatan foiz hisobida yoki gektariga kubometr va mm bilan ham ifodalanishi mumkin. Tuproqdagi nam atmosfera yog’inlari, sizot suvlari, atmosferadagi suv bug’larining kondensasiyasi (quyuqlashuvi) hamda sug’orish suvlari hisobidan tóplanadi. Sug’orilmaydigan sharoitda esa tuproq namining asosiy manbai - atmosfera yog’inlaridir.
Har xil ósimliklar óz hayoti davomida turli miqdorda suv iste’mol qiladi. Masalan, tarik, makkajóxori, kartoshka 1 kg quruq modda hosil qilish uchun kópi bilan 500 kg suv, bug’doy, zig’ir, g’óza, lavlagi va boshqa ekinlar esa bundan ikki, hatto uch barobar kóp suv sarflaydi. Ósimlikning qancha suv iste’mol qilishi uning turi, naviga, havoning haroratiga, shuningdek, tuproqdagi suvda oson eriydigan oziq moddalar miqdoriga bog’liq. Bunday oziq moddalar qancha kóp bólsa, ósimlik suvni bug’latishga shuncha kam sarflaydi. Shunday qilib, yaxshilab óg’itlangan maydonlarda ekinlar suvni kam iste’mol qiladi. Demak, tuproqning suv xossalari, rejimlarini órganish va uni boshqara bilish ekinlardan yuqori va barqaror hosil olishning muhim shartlaridan biridir. Tuproqdagi suv va tuproqlarning suv xossalari, rejimlari hamda ósimliklar bilan tuproq orasidagi bevosita bog’liqlik qonunlarini órganishda A.A.Izmailskiy, N.G.Visoskiy, P.S.Kossovich, A.F.Lebedev, A.A.Rode, N.A.Kachinskiy, S.I.Dolgov, S.N.Rijov, M.U.Umarov, L.T. Tursunov, I.T. Turopov va boshqalarning xizmatlari katta bóldi.

Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling