3-MAVZU. TUPROQLARLARNING HOSIL BO’LISHI, TARAQQIYOTI,TARKIBI VA XOSSALARI. - Reja.
- 1.Tuproqlarning kelib chiqishi va rivojlanishida (genezisi) tuproq paydo qiluvchi omillarning ahamiyati va ularning o’zaro bog’likligi.
- 2.Tuproq tasnifi. Tuproqlar nomenklaturasi va diagnostikasi.
- 3.MDH va O’zbekiston tuproqlarini rayonlashtirish.
- Tayanch tuchuncha. Tog’ jinslarining nurashi (gipyer genez) va tuproq hosil qiluvchi ona jinslsrni yuzaga kelishi. Nurash jarayonida tog’ jinslari va tarkibini fizikaviy, kimoviy va minerologik jihatdan o’zgarishi, birlamchi va ikkilamchi minerallarni hosil bo’lishi. Nurash mahsulotlarini suv va shamol ta’sirida qayta yotqizilishi va tuproq hosil qiluvchi ona jinslarni hosil bo’lishi. Tuproq hosil qiluvchi ona jinslarning kategoriyalari (xillari) va ularning joylanishi.
- Tuproqlarning genezisi va xossalari bilan tuproq paydo qiluvchi omillar orasida mustahkam uzaro bog’liklikni V.V. Dokuchayev aniqladi. Uning tavsiyasi bilan tuproq paydo bo’lishining tabiiy sharoitlarini, tuproq paydo qiluvchi omillar deb yuritiladigan bo’lindi, ularga tuproq ona jinsi, iqlim, relef, o’simlik va hayvonot olami, tuproqnig yoshi kabilar kiradi. Keyinchalik ushbu ta’limotni N.M.Sibirsev, P.A.Kostichev, V.R. Vilyams, S.A.Zaharov, S.S.Neustruyev va boshqalar rivojlantirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |