3-mavzu. Xalqaro valyuta fondi, uning asosiy vazifalari va funktsiyalari


Download 0.53 Mb.
bet7/11
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1500187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu-ХМИ

Xalqaro Valyuta Fondining eng muhim vazifalaridan biri a’zo mamlakatlarning to‘lov balansida qiyinchiliklar yuzaga kelganda kreditlar berish orqali yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Bu moliyaviy yordam mamlakatlarga o‘zining xalqaro zahiralarini to‘ldirishga, milliy valyutasini barqarorlashtirishga, import to‘lovlarini amalga oshirishni davom ettirishga hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha choralar-tadbirlar qabul qilish orqali faol iqtisodiy o‘sish uchun sharoitni tiklashga imkon yaratadi.

  • Xalqaro Valyuta Fondining eng muhim vazifalaridan biri a’zo mamlakatlarning to‘lov balansida qiyinchiliklar yuzaga kelganda kreditlar berish orqali yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Bu moliyaviy yordam mamlakatlarga o‘zining xalqaro zahiralarini to‘ldirishga, milliy valyutasini barqarorlashtirishga, import to‘lovlarini amalga oshirishni davom ettirishga hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha choralar-tadbirlar qabul qilish orqali faol iqtisodiy o‘sish uchun sharoitni tiklashga imkon yaratadi.

XVFning kreditlash dasturlarini quyidagicha kategoriyalarga ajratish mumkin:

  • XVFning kreditlash dasturlarini quyidagicha kategoriyalarga ajratish mumkin:
  • 1. Rezerv (Stand-By) kelishuvlari asosan qisqa mudatli to‘lov balansi muammolarini bartaraf etishga mo‘ljallangan. XVFning eng yirik kreditlari ham mazkur kategoriyaga tegishlidir. 1997 yilda XVF Qo‘shimcha rezerv dasturini amaliyotga joriy qildi. Mazkur dastur kapital hisobraqami bilan bog‘liq inqirozlarni boshdan kechirayotgan davlatlarga zudlik bilan juda qisqa muddatli kreditlarni ajratishni ko‘zda tutadi.

2. Uzaytirilgan fond dasturi XVF tomonidan to‘lov balansi qiyinchiliklariga yuz tutgan mamlakatlarga ko‘maklashish maqsadida joriy qilingan bo‘lib, bunda muammolar qisman strukturaviy muammolar bilan bog‘liq va uni bartaraf etish makroiqtisodiy nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi.

  • 2. Uzaytirilgan fond dasturi XVF tomonidan to‘lov balansi qiyinchiliklariga yuz tutgan mamlakatlarga ko‘maklashish maqsadida joriy qilingan bo‘lib, bunda muammolar qisman strukturaviy muammolar bilan bog‘liq va uni bartaraf etish makroiqtisodiy nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi.
  • 3. Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi asosida XVF yillik foiz stavkasi 0,5 foiz va so‘ndirish muddati 10 yil bo‘lgan kreditlarni o‘zining eng qashshoq a’zo davlatlariga taqdim etadi. Ta’kidlash lozimki, XVF kreditlarining ko‘pchilik qismi shu kategoriyaga mansubdir. 2005 yilda Ekzogen shoklar dasturi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Bu dastur asosida Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi orqali kredit olmaydigan sust rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan tashqarida bo‘lgan shoklar tufayli vujudga keladigan to‘lov balansi muammolarini bartaraf etish uchun kreditlar taqdim etiladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling