3-mavzu: XI-XV asrlarda Sharqiy Osiyo davlatlari Seminar savollari


Download 29.68 Kb.
bet2/6
Sana04.05.2023
Hajmi29.68 Kb.
#1426402
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 mavzu XI XV asrlarda Sharqiy Osiyo davlatlari Seminar savolla

Usmoniylar davlati.
Saljuqiylar davlatining o’rnida ko’plab beyliklar tashkil topadi. Ulardan biri – Usmon beyligi Kichik Osiyoning shimoliy-g’arbiy hududida, Eski shaharga yaqin joyda edi. Sulola asoschisi Usmon (1299–1326) davrida qator yurishlar uyushtirilib, Bursa shahri va uning atroflari bosib olinadi. Uning o’g’li O’rxon Vizantiya shaharlari Nikeya va Nikomediyalarni olib, Qora dengiz sohiliga chiqadi. Dastlab beylikning boshqaruv tuzumi juda sodda bo’lgan. Xususan bey unvoni, Usmon va O’rxonga qabila boshliqlari yig’inida berilgan. Beylarning asosiy vazifasi esa turkiy qabilalar harbiy kuchlarini, qo’shni hududlarni istilo qilishini ta’minlash bo’lgan. Beylikning kuchayib borishi, uning boshqaruvida ham o’zgarishlarga olib keladi. Natijada, O’rxonning boshqaruvi paytida ilk bor vazir lavozimi ta’sis etiladi. Tanga pul zarb qilinib, davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo’linadi. O’rxon har­biy islohot o’tkazib qo’shinni piyoda va otliq qismlarga (“musallanm”), alohida harbiy birliklarga aylantiradi.
Usmonlilar davlati – Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, qisman Kavkaz va Qrimda usmonlilar sulolasi boshqaigan davlat (1299–1922) Asoschisi – Usmon I
Usmoniylar istilosiga qadar Bolqon yarim orolida: Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya kabi yirik davlatlar mavjud edi. Ammo, siyosiy tarqoqlik va ichki ziddiyatlar bu davlatlarni turklar istilosiga qarshi birlashuviga imkon bermaydi.
Bolqondagi dastlabki bosqinlar 1353–1357-yillari bo’lgan. Uning asosiy qismini turklar keyingi o’ttiz yil davomida egallaydilar. Usmoniylar poytaxti Bolqondagi Edirne (Adrianopol)ga ko’chiriladi. XIV asrning 80–yillaridan Serbiyaga hujum boshlanadi. 1389–yilda Kosovo maydonidagi jangda turk qo’shinlarining g’alabasi serblarning o’z mustaqilligini yo’qotishiga olib keladi. Usmoniylar 1393–yili Bolgariya poytaxti Tirnovo shahrini. 1396–yili Nikopol yonidagi jangda venger, valax, bolgarlardan tuzilgan 60 minglik ritsarlar qo’shinini yengadi.
Turk sultoni Boyazid (1389–1402) bu janglarda o’zining tezkor g’alabalari bilan shuhrat qozonib – Yildirim (Shiddatli) nomini oladi. Sultonning Konstantinopolni qamal qilishi Yevropani sarosimaga solgan. Ayni paytda. Amir Temurning Boyazidga qarshi Kichik Osiyo yurishi boshlanadi. 1402-yilning yozida Anqara yaqinidagi jangda sohibqiron qo’shinlari Boyazid lashkarini yengadi. Bu voqea turklar tomonidan Konstantinopolning olinishiga yo’l qo’ymay, Vizantiyaning yana 50 yil yashashiga imkon yaratadi.
Usmoniylar sultoni Mexmet II (1451–1481) yuz minglik qo’shini bilan Konstantinopolni qamal qiladi. 1453-yilning 29-mayida Konstantinopol turklar tomonidan olinadi. Vizantiyaning so’nggi imperatori jangda halok bo’ladi. Usmoniylar shaharni Istanbul deb nomlab, unga o’z poytaxtlarini ko’chiradi.
Usmoniy turklar qudrati yaxshi tashkil etilgan otliq va piyoda qo’shin, lashkarboshilik xususiyatlariga ega sultonlarning, hukmdorga sadoqatli yanicharlar piyoda qo’shinining bo’lishida edi. Usmoniylar otliq qo’shinni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratdilar. Qo’shinni har bir suvoriysiga 3–5 ming piastr daromad keltiradigan yer-mulk – tumori berilgan. Bu yerlar faqat turklarga va harbiylarga xizmatda bo’lgan paytida taqdim etilgao. Natijada otliq qo’shin soni 150 ming suvoriygacha yetgan.
XV asrning ikkinchi yarmida Usmoniylar davlati o’z istilolarini davom ettiradi. 1475-yili Qrim yarim oroli bo’ysundiriladi. Ko’p o’tmasdan Moldaviya va Valaxiya turklar vassalligini tan olishadi. Old Osiyoda turklar Mesopotamiya, Armaniston va Gruziyaning g’arbiy qismini, keyinroq Suriya va Arabistonni bosib oladilar. Keng istilochilik yurishlari Usmoniylar imperiyasining tashkil topishi bilan yakunlandi.
Usmoniylar jamiyatida XV asr oxirida madaniyatning turli sohalari: adabiyot, tasviriy san’at, me’morchilik ravnaq topdi. Geografik bilimlar va tarixshunoshlik ham yaxshi rivojlandi.
Mamlakatda shoira Mehri xotun va shoir Mulla Mahmud kabi qator iqtidorli shoirlar yetishib chiqdi. Millati grek Xoja Sinon (1490–1588)ning qurgan ajoyib me’morchilik durdonalari uni butun jahonga tanitdi. U faoliyati davrida 300 dan ortiq inshootlar masjidlar, madrasalar; saroylar, favvoralar, hammom va ko’priklar qurilishiga boshchilik qilgan.
Fanning turli sohalari ichida geografiyaning taraqqiyoti ayniqsa e’tiborga molikdir. Turkiyalik dengiz sayyohi Piri Raisning asarlari, uning O’rta, Qora va Egey dengizlari atlasi – “Bahriya” dunyo fanidagi katta yutuq edi. Evliya Chalabiyning “Sayohatnoma” ko’p jildli asari, Xoja Xalifaning “Jahonnoma” asarlarida arab va Yevropa manbalari asosida jahonning turli mamlakatlari tasvirlangan.

Download 29.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling