3-mavzu: XI-XV asrlarda Sharqiy Osiyo davlatlari Seminar savollari
Download 29.68 Kb.
|
3 mavzu XI XV asrlarda Sharqiy Osiyo davlatlari Seminar savolla
Koreya.
Choson (koreyschadan “Tongo tarovat”) ilk qadimgi koreys davlatidir. Mazkur davlatning asoschisi afsonoviy Tangun hisoblanadi. Tangun Pxenyanda mill.avv.2333-yilda Choson qirolligiga asos soladi va bu qirollik mil.avv. II asrgacha hukm suradi. O’zaro kurashlar va xitoyliklar bilan bo’lgan janglar mil.avv. I asrda qadimgi Chosonni uch qirollikka – Pekche, Silla va Koguryoga bo’linib ketishiga olib keladi. Koguryo davlatining tashkil topish davri haqida olimlar yagona fikrga kela olishmagan. Ushbu davlat IV–V asrlarda Koreya yarim orolining shimoliy qismi, qo’shni Lyaodun yarimorolini egallagan yirik davlat bo’lgan. Milodiy 313-yilda Koguryo xitoyliklarni batamom o’z hududidan quvib chiqaradi va har jihatdan rivojlangan qudratli davlatga aylanadi. Keyinchalik Koguryo o’rnida Parxe davlatiga asos solinadi. Parxe qirolligi IX asrning birinchi yarmida o’z qudrati cho’qisiga chiqadi. X asrda ko’chmanchi kidanlar zarbasidan parchalanib ketadi. Koreya yarimorolining janubiy qismida III – IV asrlarda Pekche davlati vujudga keladi. Pekche IV asrda markazlashgan davlatga aylanadi. Ilk budda tasvirlari Yaponiyag Pekche qirolligi davrida yetib borgan. Pekche sulolasi hukmdorlari orqali Koreyaga xitoy yozuvlari va iyerogliflari hamda buddizm kirib kelgan. Silla qirolligi Koreya yarimorolining janubiy – sharqida joylashgan. Uch qirollik ichida Silla eng zaif va kam taraqqiy etgan edi. 668-yilda Silla qirolligi Xitoyning Tan sulolasi bialn ittifoq tuzib, Koreya yarimorolini o’z hokimiyati qo’li ostiga birlashtiradi. Koreya yana yagona davlatga aylanadi. Mamlakatning birlashuvi Koreyada yer egaligi munosabatlarining uzil – kesil shakllanishida katta rol o’ynaydi. VIII asr o’rtalarida Silla qirolligining oltin davri boshlanadi. Ushbu davlat o’z taraqiyti va qudratining chuqqisiga chiqadi. Marif gullab yashnaydi, milliy koreys universitetiga asos solinadi. Budda ibodatxonasi – Pulguksa quriladi. Lashkarboshi Van Gon Koryo (918 - 1392) sulolasiga asos solgan. Koryo poytaxti Sonak shahri (hozirgi Shimoliy Koreyadagi Keson) bo’lgan. Koreya nomi Koryo nomidan kelib chiqqan. Lahkarboshi Van Gon Koguryo qirolligining shimoliy – sharqiy Xitoyda yo’qotgan hududlarini qaytarish vazifasini amalga oshira olmaydi. Koryo qirolligidagi o’zaro urushlaridan foydalangan mo’g’ullar 1231-yilda uni bosib oladi va 1368-yilgacha o’z qo’llari ostida tutub turadilar. Koryo qirolligi xitoy istilochilarini mamlakatdan haydab chiqaradi. Keyin Koryo harbiy sarkardalardan biri Li Son Ge 1392-yilda so’nggi Koryo hukmdorini taxtdan chetlatib, yangi Li sulolasiga asos soladi. Li sulolasi 1392 – 1910-yillarda mavjud bo’lgan. Ushbu davrda mamlakat yana Choson nomini oladi. Poytaxt Kegyondan Xanson (hozirgi Seul)ga ko’chiriladi. Choson qirolligi XV asr o’rtalarida iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksaladi. Sechjon Buyuk (1418-1450) davrida koreys madaniyati va san’ati gullab yashnaydi. Qirol Sechjon mamlakatning donishmand va iqtidorli hukmdori bo’lgan. Uning boshqaruvi davrida mamlakatda soliq tizimida islohotlar o’tkaziladi. Davlat boshqaruvini takomillashtirib boradi. Qirol Sechjon davrida yangi taqvim tuziladi. Yomg’irni oldindan biladigan asbob, shamol tezligini va yo’nalishini aniqlaydigan asbob, quyosh va suv soatlari, yulduzlar xaritasi yaratiladi. Qirol Sechjon Buyuk rahbarligida qirol akademiyasi olimlari koreys alifbosini yaratadilar. Download 29.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling