MAJBURIY TARIX
21. Quyida berilgan qo‘zg‘olonlardan
qaysi biriga
Dukchi eshon rahbarlik qilgan?
A) Jizzax qo‘zg‘oloniga
B) Miyonqol qo‘zg‘oloniga
C) Vabo isyoniga
D) Andijon qo‘zg‘oloniga
22. Turk xoqonligining markazi bo‘lgan
hududni
belgilang.
A) Oltoy B) Zarafshon vodiysi
C) Balx D) Farg‘ona
23. Andijondagi 1898-yil qo‘zg‘olonidan keyin podsho Nikolay II Turkiston general-gubernatori A.Vrevskiyni
lavozimidan chetlatib, uning vazifasini vaqtinchalik kimning zimmasiga yuklagan?
A) G.Rozenbax B) S.M.Duxovskoy
C) K.P.Kaufman
D) N.Korolkov
24. 1583-yildan boshlab Shayboniylar davlatida kim rasman xon deb e’lon qilingan?
A) Abdulazizxon B) Navro‘z Ahmadxon
C)
Nodir Muhammadxon D) Abdullaxon II
25. Amir Temur sarbadorlar harakati rahbarlaridan bo‘lgan kimning hayotini Amir Husayndan so‘rab oladi va uni o‘limdan saqlab qoladi?
A) Mavlonozoda Samarqandiy
B) Abu Bakr Kalaviy
C)
Hoshim ibn Hakim
D) Mahmud Torobiy
26. 1925-1932-yillarda Qozog‘iston
ASSR tarkibida
bo‘lgan davlat tuzilmasini aniqlang.
A)Tojikiston ASSR
B)Qoraqalpoq avtonom viloyati
C)O‘zbekiston SSR
D)Turkiston
general-gubernatorligi
27. 1996-yilda qaysi shaharda Amir Temur haykali
ochilgan?
A) Buxoro B) Xiva
C) Samarqand D) Termiz
28. XVI asrda Buxoro-Eron manfaatlari to‘qnashgan hududni belgilang.
A) Farg‘ona
vodiysi B) Xuroson
C) Astraxan D) Dashti Qipchoq
29. 1365-yil Amir Temur va Ilyosxo‘ja qo‘shinlari
o‘rtasidagi jang tarixda qanday nom bilan shuhrat topdi?
A) "Parvon jangi"
B) "Anqara jangi"
C) "Loy jangi"
D) "Tarak daryosi bo‘yidagi jang"
30. “Avesto” qaysi dinning muqaddas kitobi hisoblanadi?