3-mavzu xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Reja


Shartsiz reflekslar bilan shartli reflekslar o’rtasidagi farq yana shundaki, shartsiz reflekslar doimiy bo’ladi, shartli reflekslar esa susayishi yoki so’nishi mumkin


Download 193.21 Kb.
bet6/6
Sana19.01.2023
Hajmi193.21 Kb.
#1101385
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu seminar

Shartsiz reflekslar bilan shartli reflekslar o’rtasidagi farq yana shundaki, shartsiz reflekslar doimiy bo’ladi, shartli reflekslar esa susayishi yoki so’nishi mumkin.
Og’izga olingan ovqat hamisha so’lak ajralishiga sabab bo’ladi. Ammo qo’ng’iroq tovushiga javoban so’lak ajralishi doimiy bir narsa bo’lmay, vaqtincha bir narsadir. Qo’ng’iroq chalish (shartli qo’zg’ovchi) bir necha marta takrorlangandan keyin ayni vaqtda ovqat (shartsiz qo’zg’ovchi) berilmasa, so’lak ajralishi kamayadi, susayadi va nihoyat, butunlay to’xtaydi. Qo’ng’iroq tovushi yana so’lak ajralishiga sabab bo’lishi uchun shartli qo’zg’ovchini shartsiz qo’zg’ovchi bilai mustahkamlash kerak.
Shartsiz va shartli reflekslar organizm hayotidagi turli ahamiyati bilan ham farq qiladi. Organizm shartsiz reflekslar yordamida tevarak-atrofdagi muhit bilai doimo bog’lanib turadi. Shartli reflekslarda esa o’zgarib turuvchi muhit bilan yangi, muvaqqat bog’lanishlar vujudga keladi.
Shartli reflekslar hosil bo’lganligi tufayli, shartsiz reflekslar hali shartsiz qo’zg’ovchilar yuz bermasdan ancha oldin voqye’ bo’laveradi, hatto bu shartsiz qo’zg’ovchilar uzoq joyda yuz bergan hollarda ham voqye’ bo’laveradi shartli qo’zg’ovchi hayvon hayoti uchun muhim bo’lgan biron bir hodisa haqida, masalan, ofat borligi, havf-xatar tug’ilganligi haqida signal beradi.
Shuning uchun ham I.P.Pavlov bosh miya po’stining faoliyatiga signal faoliyati deb nom bergan edi.
Shartli reflekslar hayvonlarda malaka va odatlar vu­judga kelishining nerv-fiziologik asosidir.
I.P.Pavlov miyaning katta yarim sharlar po’sti shartli reflekslarning markazi ekanligini kashf etgandan keyin, yuksak nerv faoliyati qonuniyatlarini mukammalroq tekshirish uchun shu shartli reflekslar metodidan foydalandi.
Hayvonlar hatti-harakatining asosiy tug’ma formasi instnktlardir. Hayvonlarning o’z tirikchiligi tajribasi natijasida hosil bo’ladigan (individual) hatti-harakat shakllariga ko’nikmalar va kurtak holdagi fahm bilan aloqador harakatlar kiradi.
Download 193.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling