3-mavzu xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Reja


Bosh miya va psixik funksiyalar


Download 193.21 Kb.
bet3/6
Sana19.01.2023
Hajmi193.21 Kb.
#1101385
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu seminar

2. Bosh miya va psixik funksiyalar
Po’st ostidagi soha va po’st ostidagi tugunlar differensiallashmagan va umumiy sezuvchanlik markazidir. Emosiya va instinktlarimiz shu soha bilan chambarchas bog’liqdir. Harakatlarimizni idora etish uchun po’st ostidagi tugunlardan targ’il jismning ahamiyati ayniqsa kattadir. Targ’il jism zararlanganda, odatda, harakat kuchayadi, ammo poyma-poy bo’ladi.
Yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarda psixik jarayonlarning va odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy asosi bosh miya po’stidir. Bosh miyaning pastroqdagi boshqa hamma qismlari, shuningdek, orqa miya – ongsiz reflektor harakatlarning markazlari bo’lib, xilma-xil fiziologik jarayonlarni idora etadi. Bu yerda yana shuni aytib o’tish kerak.
Bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya markaziy nerv sistemani bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining bosqichlaridir. Bosh miyaning taraqqiyotidagi har bir qismi (pastdan yuqoriga qarab hisob qilganda) o’zidan avvalgi qismning ustiga qoplangan. Orqa miya, undan keyin esa uzunchoq miya markaziy nerv sistemasining eng qadimgi qismlaridir. Oldingi miya va po’st genetik jihatdan miyaning eng yosh qismlaridir. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari taraqqiy qilgunicha pastdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq psixik funksiyalarni ham bajargan deb o’ylash mumkin. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari tarkib topib taraqqiy qilishi bilan, murakkabroq, psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o’tdi. Shu bilan birga psixik funksiyalar tobora murakkablashib va takomillashib bordi. Psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o’tishi bilan miyaning pastdagi qismlari muayyan refleks va instinktiv harakatlarinigina idora etadigan bo’lib qoldi.
Buning xaqiqatan ham shunday ekanligini quyidagi hol­lar ko’rsatib turibdi. Biologik taraqqiyotning ancha past bosqichlarida turgan hayvonlarning miya po’sti va oldingi miyasi olib tashlanganda, bu qismlarning funksiyasini pastroqdagi qismlar o’tay boshlaydi (garchi mukammal shaklda bo’lmasa ham, har holda, o’taydi). Masalan, oldingi miyasi olib tashlangan baqa tamomila normal baqaga o’xshaydi. Bunday baqa odatdagicha o’tiradi; baqa turgan taxta ag’darila boshlasa, u ag’anab tushmaslikka harakat qiladi; agar baqa chalqancha ag’anab tushsa, o’nglanib oladi. Shunday qilib (baqa miya yarim sharlaridan m ahrum bo’lsa ham harakat qilish va o’z harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyatini saqlab qoladi.
Yarim sharlari olib tashlangan kaptar og’ziga solingan ovqatni yeydi, turtib yuborilsa yuradi; bunday kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo kaptar turtib yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it miyasining ikkala yarim shari olib tashlansa, sun’iy suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay oladi. Bunday it og’ziga solingan ovqatni yeydi, yura oladi. It urilsa vangillaydi, qattiq, tovush eshitganda sapchib tushadi. Ammo bunday it o’zicha ovqat qidirib topolmaydi va hatto yaqinidagi ovqatni ham topib yeya olmaydi. Bu it uni boquvchi kishilarni tanimaydi. Avval hosil qilgan malakalari yo’qoladi, shu bilan birga, yangi malakalar hosil qilish qobiliyati ham yo’qoladi.
Ba’zi fiziologlar maymunlarning yarim sharlarini olib tashlab tajribalar qilganlar. Maymunlar operasiya qilingandan keyin psixik funksiyalari yo’qolishi bilan birga, harakatlar, harakatni muvofiqlashtirish ham buzilgan. Ular to’ppa-to’g’ri o’tirib tura olgan, shuningdek, narsalarni changallay olgan, ammo, murakkabroq harakatlar, ayniqsa yurish qobiliyati buzilgan, shunday qilib, evolyusiyaning yuqori bosqichlarida murakkab harakatlar va ularni muvofiqlashtirish funksiyalari ham miya po’stiga o’tadi.
I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir tekshirishlarida shunday hodisalarni ilmiy asosda tushuntirib berdi.
Hayvonlar bosh miyasining ayrim qismlarini olib tashlash ustidagi tajribalar shuni ko’rsatdiki, hayvon biologik taraqqiyotning qancha yuqori bosqichida tursa, quyi qismlarining yuksak psixik funksiyalarni bajara olish imkoniyati o’shancha kam bo’ladi.
Odamda miyaning quyi qismlari yuksak psixik funksiyalarni bajarishga mutlaqo qobil emas. Odam miyasining po’sti ostidagi qismlari po’st funksiyasini loaqal qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz tug’ilgan bolalar (anzisefallar) ni kuzatish bu holni juda ravshan tasdiqlaydi. Odatda bunday bolalar uzoq, yashamaydi. Shunday bolalardan birining faqat uch yil-u to’qqiz oy yashagani ma’lum. Bu bola doim yotgan, turishga biron marta ham harakat qilib ko’rmagan. U narsalarni ushlashga hyech urinmagan, hatto nar­salarni qo’lda ushlab turishni ham bilmagan. Faqat yuzida ba’zi bir harakatlar ko’rilgan; u ba’zan ijirg’angan; emganda va qoshiqlab ovqat berilganda lablari va tili harakatga kelgan. Bola tagi xo’l bo’lganganda ham hyech bir parvo qilmagan. Bu bola bilan gaplashish yoki unga biron narsa o’rgatish aslo mumkin bo’lmagan. Unda hatto eng oddiy ko’nikmalar ham hosil bo’lmagan.
Yuqorida aytilganlardan, miyaning po’st ostidagi qismlarining psixik hayotga hyech qanday aloqasi yo’q degan ma’no chiqmaydi. Yarim sharlar po’sti o’z tolalari bilan bosh miyaning hamma qismlariga va orqa miyaga bog’langan. Shu bilan birga, yuqorida aytilganidek, orqa miyadagi nerv hujayralarining tolalari va po’st ostidagi sohalarning tolalari yarim sharlar po’stining qismlariga bog’langandir. Shu sababli butun markaziy nerv sistemasi va uning faoliyati bo’lmasa, psixik hayot ham bo’lmas edi.
Shu bilan birga, butun nerv sistemasining va butun organizmning faoliyatida bosh miya po’sti asosiy rol o’ynaydi. I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, yarim sharlar po’sti organizmdagi hamma funksiyalarni idora etadi.
I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, katta yarim sharlar po’sti organizmning barcha funksiyalarini boshqaradi.

Download 193.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling