3-mavzu: yurak va qon tomirlari fiziologiyasi reja


Yurak muskullarining xususiyatlari


Download 22.47 Kb.
bet2/2
Sana30.10.2023
Hajmi22.47 Kb.
#1734402
1   2
Bog'liq
3-mavzu yurak va qon tomirlari fiziologiyasi reja

3.Yurak muskullarining xususiyatlari Yurak muskullari tuzilishi, tarkibi jihatidan sklet va ichki organlarning silliq muskullardan farq qiladi. Umuman muskullarning anatomik gistologik, fiziologik tomondan o’rganganda ikkiga bo’lib o’rganiladi.
Organizni ichki qismidagi organlarni tashkil qilgan muskullarga silliq muskullar deyilib, elastikligi yaxshi rivojlangandir.
Sklet muskullari ko’ndalang targ’il muskullar o’ziga xos tuzilgan va fiziologik xislatlari bilan farq qiladi. Yurak muskullarining ba’zi bir xususiyatlari umumiy to’qimalarga xos bo’lsa, boshqalari faqatgina yurak muskullari uchun xosdir. Organizmning sklet muskullari doimo organizmni muvozanat harakatini ta’minlab turadi. Lekin u muskullar organizmni ichki organlar muskullariga o’xshab zo’riqib ishlamaydi, balki erkinligi ko’p. Masalan: tik turganda oyoq, umirtqa sklet muskullari qisqarib tanani tik qilib turadi. O’tirganda nafas harakatini ta’minlaydigan muskullar zo’riqib ishlasa ham boshqa muskullar bo’shashgan bo’ladi.
Ichki organlar muskullarining (yurak) ishdan tashqari holati kam bo’ladi. Yurak muskullari energiyani ko’p sarflab kislorod va oziqaga extiyoji katta bo’lib, doimo qo’zg’algan bo’ladi. SHuning uchun ham yurak muskullarini o’ziga xos fiziologik xislatlari mavjuddir.
1).yurak muskullariga o’tkazuvchanlik xususiyati xosdir. O’tkazuvchanlik yurak muskul sistemasidagi maxsus o’tkazuvchi sistemalar orqali ta’minlanadi. Yurakda bunday o’tkazuvchi sistema maxsus nerv tugunchalari va muskul tolalaridan iborat bo’ladi. Eng asosiy qo’zg’aluvchi tugun yurakni o’ng bo’lmachalari ustida vena sinus qismiga joylashgan Keyt – Fleka tuguni ba’zi adabiyotlarda Kiss-Fleka deyiladi.
2).Atrioventrikulyar qismda joylashgan Ashof Tovar tuguni.
3).Gissa tuguni-oyoqchalari.
4).Purkine tolalari.
Ana shu sistemaga yurakni o’tkazuvchi sistemalari deyiladi.
Yurakga keladigan har qanday ta’sirotlar (reflektor va gumoral) o’tkazuvchi sistema orqali har xil tezlikda o’tkaziladi. Yurakning bo’lmachalar qismida sinus tuguni-Kiss Flek qismida ta’sirot o’tkazish tezligi 1-1,2 mm/soniya bo’lib, Ashof Tovarda bu tezlik keskin kamayadi ya’ni 0,02-0,03 mm/soniya bo’ladi. Gissa bog’lamida esa tezlik keskin kuchayadi va 1,5-5 mm/soniyaga yetadi, Purkun’e tolalarida 1000-5000 mm/soniya va qorinchalar qismida tezlik yana pasayib 0,3-0,5 mm/soniya bo’ladi. Bu tezlikning bunday o’tkazilishini asosida yurak ishi ta’minlanadi. Agar ta’sirot har xil qismlarda har xil bo’lmay bir xil bo’lganida yurak ishida ritm bo’lmas edi. Ya’ni o’tkazuvchanlik tezligini har xil bo’lishi yurak ishini ketma-ketligini ta’minlaydi. O’tkazuvchanlikni buzilishi yurak blakadasini keltirib chiqaradi.
Yurak muskullariga hamma to’qimalarga xos bo’lgan qo’zg’aluvchanlik xususiyati xosdir ya’ni yurakga markaziy nerv sistemasi yoki gumoral sistemadan qo’zg’alish kelsa yurak o’z ishini ta’minlaydi.


Tayyorlanish uchun savollar.
1.Arteriya qon tomirlari deb nimaga aytiladi?
2.Vena qon tomirlari deb nimaga aytiladi?
3.Yurak qanday paydo bo’lgan?
4.To’rt kamerali yurak qanday tuzilgan?
5.Yurak ishi qanday ro’yobga chiqadi?
6.Yurak ishi davrida yfnday tashqi belgilarni hosil bo’ladi?
7.Yurakni sistolik va daqiqalik hajmi deb nimaga aytiladi?
8.Yurak muskullarining qanday xususiyatlarini bilasiz?
Download 22.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling