3-мавзу юзасидан топшириқ. Миллий маънавиятнинг ўзига хос хусусиятлари нималардан иборат?
Download 22.96 Kb.
|
3-мавзу топшириқ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Мустақиллик йилларида миллий маданиятнинг тикланиши борасида нима ишлар амалга оширилди. “ Омавий маданият” нима
3-мавзу юзасидан топшириқ. Миллий маънавиятнинг ўзига хос хусусиятлари нималардан иборат? Миллий маданият нима? Мустақиллик йилларида миллий маданиятнинг тикланиши борасида нима ишлар амалга оширилди. “Омавий маданият” нима? “Оммавий маданият” нинг ёшлар онгига салбий таъсири нималардан иборат? Миллий маънавиятнинг ўзига хос хусусиятлари нималардан иборат? Milliy ma’naviyat va uning xususiyatlari Jamiyat rivojlanib borgan sari insonlar, halqlar, millatlar o’rtasidagi ma’naviy munosabat, aloqalar rivojlanib boraveradi. Ma’naviyatni to’rt guruhga bo’lish mumkin: Birinchisi- shaxs ma’naviyati. Ikkinchisi- milliy ma’naviyat. Uchinchisi – mintaqaviy ma’naviyat. To’rtinchisi – umuminsoniy ma’naviyat.
Mintaqaviy ma’naviyatda turli elatlarning umumiy birligi, bir-biriga yaqinligi, turmush tarzi va moddiy hayot sharoitlariga xos mushtarak jihatlari namoyon bo’ladi. Umuminsoniy ma’naviyat- butun insoniyatga , jahon halqlariga tegishli bo’lgan ma’naviy-ahloqiy boyliklardir. Shaxs ma’naviyati – har bir kishining o’zini insoniyat farzandi, millat vakili, davlat fuqarosi deb bilgani holda o’z Vatani tuprog’i, suvi, havosi- jamiki boyliklarni asrash, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, izzatini joyga qo’yish, yo’lida chin dilidan, iymon, e’tiqod, sadoqat, ishonch, halollik, dovyuraklik, beg’arazlik, hurmat, fidoiylik va aqliy teranlik bilan faoliyat olib borishga qaratilgan ichki ruhiy va aqliy olamning majmuini anglatuvchi tushuncha. Shaxs ma’naviyati jamiyatda ijtimoy hayotda shaxsning baxtli yashashi uchun to’g’ri fikrlash, so’z va amalning birligi, rost so’zlash, halol mehnat qilish, xush ahloqqa ega bo’lishdan iboratdir. Shaxs ma’naviyati darajasi uning kishilik jamiyatining yuksak ahloqiy qadriyatlariga qay darajada rioya qilib yashashi bilan belgilanadi. Ahloq inson ma’naviyatining muhim mezonlaridan biri bo’lgani bois shaxs ma’naviyati deganda, avvalambor, uning ahloqan barkamolligi, o’z faoliyatida ma’naviy qadriyatlarga, chunonchi, adolat, go’zallik va ezgulik g’oyalariga tayanib ish ko’rishni nazarda tutiladi. U insonni bunyodkorlik faoliyatiga, ezgu amallarga etaklaydi, jamiyat hayotidagi g’oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va ahloqiy qarashlarini o’zida to’liq mujassam etadigan kuch sifatida namoyon bo’ladi. Shaxs ma’naviyati deganda xalqimiz uzoq tarixi davomida turli sinovlardan o’tgan, sayqal topib kelayotgan va faqat ijobiy fazilatlar tarzida e’zozlanadigan ma’naiy-ahloqiy qadriyatlar tushuniladi. Shaxs ma’naviyati halqimizning turmush tarzi, urf-odatlari hamda an’analariga, uning boy og’zaki va yozma ijodi, mumtoz adabiyoti va san’atiga singib ketgan bo’lib, inson ma’naviy takomilida beqiyos ahamiyat kasb etadi. “Olim bo’lish oson, odam bo’lish qiyin”; ”Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l”; “O’zingga ravo ko’rmaganni boshqaga ham ravo ko’rma”, “Yomon o’z g’amida, yaxshi – el g’amida” singari hikmatlarda ham ajdodlarimiz ardoqlab kelgan yuksak ma’naviy fazilatlar ifodalangan. Milliy ma’naviyat tarixi millatning ma’naviy takomil jarayoni bilan bog’liq, unda ba’zan asrlar kunlarga, kunlar asrlarga teng bo’lishi mumkin. Milliy ma’naviy kamoloti zamonda, ya’ni millatning butun tarixi davomida yuz beradi. Insoniyat tarixiy jarayoni uchun bir narsa ayonki, tarix hodisalari, shaxslar, voqealar o’tib ketadi, moddiy madaniyat unsurlari emiriladi, ammo, ma’naviyati yuksalib, boyib, tobora kengroq ko’lam va teranroq mazmun kasb etib boraveradi. Millatning aksriyat qismi ma’naviy tanazzulga yuz tutgan fojiaviy sharoitlarda ham milliy ma’naviyat yo’qolmaydi, ko’lami va mazmuni jihatdan o’zi etishgan kamolot bosqichini to’qtatmaydi yo’qotish uchun (shu jumladan, umuman milliy ma’naviyatni ham) ajdodlar yaratgan barcha ma’naviy merosni mavh etish, insonlar xotirasini tamomila o’chirib tashlash, ulardan hatto irsiy xotirani ham barbod qilib-manqurd aylantirish kerak bo’ladi. Umuminsoniy ma’naviyat - har bir inson, jamiyat va barcha toifadagi kishilar uchun eng oliy qadriyat sifatida e’zozlanadigan va umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan ma’naviy hodisalar, madaniy boyliklar, adabiyot, fan, san’at yutuqlari, din, siyosat, huquq sohasidagi natijalarni anglashdagi tushuncha. Umuminsoniy ma’naviyatning mazmun-mohiyati Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida misol va dalillar bilan atroflicha tushntirib berilgan. Mutaxasislar bu tushunchaga, xos bo’lgan kundalik tasavvur bilan uning ma’naviy mazmun-mohiyati o’rtasidagi farqqa e’tibor berish lozim, deb hisoblaydilar. Kundalik hayotda kishilar umumbashariy ahamiyatga molik ma’naviy boyliklar, kashfiyotlar, qadriyatlar, din, fan, adabiyot bilan bog’liq xususiyatlar, jihatlar jarayonlarning o’zini umuminsoniy ma’naviyat sifatida tushunadi. Ma’naviy mazmun kasb etadigan narsa va hodisalarga nisbatan ishlatiladigan umuminsoniy ma’naviyat har qanday halq, jamiyat va davlat hayot tarzining asosiy mezoni bo’lib hisoblanadi. “Umuminsoniy ma’naviyat” tushunchasida ma’naviyatni tirik tabiatning bir qismi bo’lgan odamzotining hayoti va kamoloti hamda tarixiy, siyosiy va boshqa birliklar (ijtimoiy subektlar) uchun ahamiyati ham o’z aksini topadi. Umuminsoniy ma’naviyatningnamoyon bo’lish shakllari orasida o’z ahamiyatini ijobiylik hamda foydalilik hususiyatlarini doimo saqlab keladiganlar ham bor, ularga inson vujudining tirikligi, uning ijtimoiyligi, inson umri vahayoti, sihat – salomatligi, ijtimoiy faoliyati va munosabatlar, mehnati, bilimi, muomalasi va shu kabilar kiradi. Ular inson va jamiyat bor ekan, o’zining ijtimoiy ahamiyatini saqlab qoladi, ularning qarama-qarshi bo’lgan o’lim, kasallik, ma’nosiz hayot kechirish, bilimsizlik va boshqalar ham tarixiy jarayonlarning doimiy hamrohidir. Ayrim kishilar, erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy qadriyatlarning qiymati tushib ketadi, madaniyat va ma’naviyat ikkinchi darajaga aylanadi, ma’naviy qashshoqllik avj oladi deb da’vo qilishadi. Erkin bozor iqtisodiyoti bilan ma’naviyatni bunday qarama-qarshi qo’yish mutlaqo o’rinsizdir. Aslida, yuqorida aytganimizdek, ular bir-birini to’ldiradi, chunki faqat ma’naviy sog’lom, kuchli jamiyatgina islohotlarni amalga oshirishi mumkin. Mustaqillik yillari mamlakatimizda iqtisodiyot va ma’naviyatning o’zaro dialektik bog’liqligi hamda bir-biriga ta’siri qonuniyatlardan kelib chiqqan holda, iqtisodiy va ma’naviy hayotning uyg’un holda rivojlantirib borishiga alohida ahamiyat berilmoqda. “Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda”- deb ta’kidlaydi Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida, - biz iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un ravishda rivojlanib borishni doimo davlatimz va jamiyatimizning e’tibor markaziga qo’yib kelmoqdamiz”. Istiqlol yillarida iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotlarning o’zaro mutanosib uyg’un tarzda rivojlanib kelayotgani mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo’lib xizmat qilmoqda. Demak, ma’naviyat va iqtisod bir-birini inkor qilmaydi, balki bir-birini quvvatlab, o’zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi. Hozirgi kunda yurtimizda iqtisodiy islohotlarning yangi, yuqori bosqichiga o’tayotgan ekanmiz, bu fan, madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ularning amalga oshirish borasidagi ishlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Iqtisod, ma’naviyat va ma’rifatning o’zaro chambarchas bog’liq ekanligini ota-bobolarimiz to’g’ri tushunib etganlar. Shunga tayangan holda ular ma’naviyati yuksak komil inson haqida butun bir ma’naviy talablar majmuasini, boshqacha aytganda sharqona ahloq Kodeksini ishlab chiqqanlar. Download 22.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling