3-Mavzu: Zarar yetkazmasdan nazorat qilish turlari, standartlashtirish va metrologik ta’minoti


Download 115.82 Kb.
bet4/9
Sana31.01.2024
Hajmi115.82 Kb.
#1833214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ma\'ruza (2)

Machtalar. Yuk kо‘taruvchi kranlar chegaralangan yuk kо‘tarish va kо‘tarish balandligiga ega. Bundan tashqari, texnologik qurilmaning jihozlar va trubalar bilan yig‘ilganda, gabarit о‘lchamlari nisbatan katta bо‘lgan kranlar har doim ham montaj maydonchasi hududiga sig‘maydi. Bunday vaqtlarda baland va og‘ir uskunalarni yoki metall konstruksiyalarni montaj qilish uchun machtalar qо‘llaniladi.
Machtalar kranlarga qaraganda birmuncha arzonroq, lekin, ularni ishga tayyorlash, ya’ni kо‘chirish, birlashtirish, uzaytirish, tо‘xtatish, kо‘tarishi va mahkamlash, uzoq vaqt talab qiluvchi va bajaruvchilardan yuqori malakali bо‘lishlarini talab qiluvchi о‘ta muhim sermehnat operasiyalarni о‘z ichiga oladi.
3.2-rasmda yuk kо‘tarish machtasi sxemasi kо‘rsatilgan. Vertikal holatda machtani vintlar ushlab turadi. Ular bir uchidan machta kallak qismiga (yuqori uchiga), ikkinchi uchidan – barqaror qotirilgan langarlarga (yoki qо‘zg‘almas) mahkamlanadi. Machtaning qolgan qismiga yuk polispastining qо‘zg‘almas bloki ham mahkamlanadi. Uning qochuvchi pо‘lat trosi machtaning asosi tomon, pastga harakatlanadi; pо‘lat trosga olib ketuvchi blok mahkamlangan bо‘lib, u trosga baraban lebedkasigacha bо‘lgan gorizontal masofani ma’lum qiladi.
Langarlar qoziqli, chuqurlashtirilgan (tо‘ldiriladigan) va inventarli bо‘ladi. Qoziqli langarlar bir necha qoziqlardan iborat bо‘ladi, ular yerga 1,5m chuqurlikka qoqiladi; ular 1,5 MN gacha kuchga chidamlidir. Chuqurlashtirilgan langarlar pо‘lat quvurlardan yasalgan betonga qotirilgan yoki yerga biriktirilgan paketlardan iboratdir. Personal yoki inventar yakorlar – bir nechtasi ustma-ust taxlanadigan, 0,75 MN og‘irlikdagi og‘ir temir-beton prizmalarni qо‘llash qulaydir. Ular katta ishqalanish kuchini yuzaga keltirishga qodir va puxta qotirishni ta’minlaydi. Ba’zida prizmalarni yerga u qadar chuqur joylanmaydi. Bu ularning barqarorligini yanada oshiradi.
Konstruksiyasi bо‘yicha oddiy bо‘lgan machtalar – quvurli machtalardir. Ular о‘ralgan quvurlardan tayyorlanadi. Yuk kо‘tarish 0,25 MN bо‘lganda, diametri 600 mm bо‘lgan bir quvurli machtalar qо‘llaniladi, 0,25 dan 0,8 MN bо‘lganda – uch quvurli va tо‘rt quvurli sigarasimon machtalar qо‘llaniladi. Quvurlarni polosali (listli) pо‘latdan yasalgan chambaraklar bilan bog‘lanadi va burchaklaridan mahkamlab ham qо‘yiladi. Tо‘rt trubali machtalarda uchlari bir-biriga zich о‘tirgan uchta quvurlar, о‘rta uchastkada tо‘rtinchi kalta quvurni ilib oladi.
Machtaning tayanch qismini durralar bilan kuchlantirilgan qattiq plita kо‘rinishidagi yoki sharnir kо‘rinishida tayyorlanadi. Sharnir machtaning egilishiga imkon yaratadi, bu esa takelaj(tashish ortish ishi) ishlarini olib borish uchun juda zarurdir. 2.1-rasm bir quvurli, uch quvurli va sigarasimon machtalarning asosiy qismlarini va umumiy kо‘rinishini ifodalaydi.


Download 115.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling