3-Mavzu: Zarar yetkazmasdan nazorat qilish turlari, standartlashtirish va metrologik ta’minoti


Yuk kо‘tarish zanjirlari va yuk ilish qurilmalari


Download 115.82 Kb.
bet8/9
Sana31.01.2024
Hajmi115.82 Kb.
#1833214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ma\'ruza (2)

Yuk kо‘tarish zanjirlari va yuk ilish qurilmalari. Yuk kо‘tarish zanjirlari yordamida kо‘tarilayotgan yuk, yuk kо‘tarish mexanizmining harakatdagi bloki sirg‘asiga yoki ilgagiga ilib qо‘yiladi. Yuk kо‘tarish zanjirining konstruksiyasi ish xavfsizligini, unda ishlash qulayligini, shuningdek, yuklarni osish va tushirishni tez va oson amalga oshirishni ta’minlashi kerak. Og‘ir va mas’uliyatli uskunalarni osish, qoida bо‘yicha, ish ishlab chiqarish loyihalarida kо‘rsatiladi.







3.7-rasm. Yuk kо‘tarish zanjiri.
a-universal; b-yengillashtirilgan;
v-koushlar.



3.8-rasm. О‘z-о‘zidan о‘rnatiladigan yuk kо‘tarish zanjirlari:
1-kо‘tarilayotgan yuk; 2-yuk kesiladigan pо‘lat tros; 3-xalqa; 4-skoba; 5-yо‘naltiriluvchi sektor.

Yuk kо‘tarish zanjirlarini diametri 30mm bо‘lgan yumshoq pо‘lat troslardan tayyorlanadi. Yuk kо‘tarish zanjirlari universal va yengillashtirilganlarga bо‘linadi (3.7a,b-rasmlar). Universal yuk kо‘tarish zanjirlari – uchlari bir-biriga о‘rilib bо‘laklari ulangan pо‘lat trosdan tayyorlangan yopiq halqa shakliga ega; yengillashtirilgan yuk kо‘tarish zanjir uchlari bо‘ylab, pо‘lat simlarni bukilishi joylarida bо‘linib ketishidan va yeyilishidan himoyalovchi metall qistirmalar – koushlarni ilib oladigan xalqalarga о‘ralgan (3.7v-rasm).
Tarmoqlardagi kuchni, shuningdek, uzunligi katta bо‘lgan uskunalarni kо‘tarishdagi konstruksiyalarni siquvchi gorizontal kuchlarni kamaytirish uchun traversalardan foydalaniladi.
Yukning og‘irlik markazi nosimmetrik joylashganda, о‘z-о‘zidan о‘rnatiladigan yuk kо‘tarish zanjiri qо‘llaniladi (3.8-rasm). Osilgan yuklarni tushirishni yengillashtirish uchun prujinali yoki elektromagnit mustahkamlagich bilan ta’minlangan, avtomatik va yarim avtomatik yuk kо‘tarish zanjirlari qо‘llaniladi.
Lebedkalar. Montaj ishlari vaqtida qо‘lda boshqariladigan, richagli va yuritgichli lebedkalar qо‘llaniladi. Oxirgilari elektr yuritgichlaridan, ichki yonish dvigatellaridan va pnevmatik yuritgichlar bilan jihozlangan. Lebedkalar barabanga о‘raladigan simning oxirgi qatoriga tо‘g‘ri keladigan og‘irlik kuchi kattaligi bilan, pо‘lat simning harakati tezligi va barabanning tros sig‘imi bilan xarakterlanadi. Barcha lebedkalar mustahkam tormozli qurilmalar bilan ta’minlangan bо‘lishi shart.
Lebedka barabaniga о‘raladigan pо‘lat tros, lebedka asosiga parallel bо‘lishi, barabaniga pastdan boshlab о‘ralishi va baraban о‘qi bilan taxminan tо‘g‘ri burchak hosil qilishi kerak. Bularning barchasi lebedkani siljitishga, uni о‘zakdan uzib olishga yoki tо‘ntarib yuborishga harakat qilayotgan kuch va kuch momentlarini kamayishiga yordam beradi.
Lebedkaga yaqin bо‘lgan chetlatuvchi blokni lebedka barabani uzunligidan kamida 20 marotaba kо‘p bо‘lgan masofada о‘rnatiladi: bu holatda pо‘lat trosning yо‘nalishi barabanga о‘ralayotganda faqatgina 1,5o ga о‘zgaradi, buning natijasida arqon barabanning butun uzunligi bо‘ylab bir tekis о‘raladi. Tros sig‘imidan yanada unumli foydalanish uchun barabanda 5-6 tadan kо‘p bо‘lmagan о‘ram qoldiriladi. Lebedka har 12 oy ishlagandan sо‘ng taftish qilinishi va texnik guvohnomalanishi kerak.


Download 115.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling