- 3-MAVZU: ZARDUSHTIYLIK DINI
Reja: - 1. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi omillari va zardushtiylik shakllangan tarixiy sharoit
- 2. Zardushtiylik ta’limoti va “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal”tamoyili
- 3. Avesto- zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
- 4. Zardushtiylik ta’limoti va Avestoga doir ilmiy yondashuvlar.
-
1. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi omillari va zardushtiylik shakllangan tarixiy sharoit - 1. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi omillari va zardushtiylik shakllangan tarixiy sharoit
Z a r d u sh t i y l i k - Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo'lib, bu din eramizdan avvalgi VII-VI Asrlarda dastavval O'rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo'lgan. Uning payg'ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi Yakkaxudolik dinini ijod etgan. Zardushtiylik – ilgarigi diniy tasavvurlar va kup xudochilikka asoslangan diniy e'tiqodlarni takror Zardusht isloh qilishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar hanuz davom etib keladi. Ko'p tadqiqotchilar Zardusht tarixiy shaxs bo'lib, milodgacha 589-512 yillarda yashab ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiyotshunos va shoir ekanini e'tirof etadilar.
Zardushtiylik ta'limoti O‘rta Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo‘lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e'tiqodlarga nisbatan progressiv, monoteistik ta'limotdir. U behuda qon to‘kuvchi qurbonliklar, harbiy to‘qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o‘troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da'vat etadi. - Zardushtiylik ta'limoti O‘rta Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo‘lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e'tiqodlarga nisbatan progressiv, monoteistik ta'limotdir. U behuda qon to‘kuvchi qurbonliklar, harbiy to‘qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o‘troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da'vat etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |