3-Mavzu. Zardushtiylik: ta’limoti va axloqi. Reja
Download 32.53 Kb.
|
3-mavzu. Zardushtiylik dini
3-Mavzu. Zardushtiylik: ta’limoti va axloqi. Reja: 1. Zardushtiylik ta‘limotining paydo bo‘lishi 2. Avestoning muqaddas yozuvi 3. Zardushtiylikning asosiy g’oyalari Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo’lib, bu din eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda dastavval O‘rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo’lgan. Uning payg’ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakkaxudolik dinini ijod etgan. Zardushtiylik - ilgarigi diniy tasavvurlar va ko’p xudochilikka asoslangan diniy e’tiqodlarni takror Zardusht isloh kdlishi oqibatvda yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar hanuz davom etib keladi. Ko’p tadqiqotchilar Zardusht tarixiy shaxs bo’lib, milodgacha 589-512 yillarda yashab ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiyotshunos va shoir ekanini e’tirof etadilar. Bu haqiqatga yaqindir. Zardushtiylik paydo bo’lgan vaqt quldorlik tuzumi endigina paydo bo’layotgan davr edi. U urug’-qabilachilik tuzumi emirilib aholi qullar va kuldorlarga bo’linayotgan davr bo’lgan. Bu din eng avval O’rta Osiyo, so’ng Eron, Ozorbayjonda qaror topgan edi. I.A.Karimov "O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmokdamiz" degan asarida biz o’zbek xalqi mansub bo’lgan xalqning tarixi g’oyat uzun, beqiyos, betakror ekanini ta’kidlab, bunday degan edilar; "Biz jahon maydonida kuni kecha paydo bo’lgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz xalxdmiz ko’xna Xorazm zaminida "Avesto" paydo bo’lgan zamonlardan buyon o’z hayoti, o’z madaniyati, o’z tarixi bilan yashab keladi". I.A. Karimov o’zining 'Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q" degan asarida bu fikrni yanada kengaytirgan va teranlashtirib yana bunday degan edi: "Eng mo’’tabar, qadimgi qo’lezmamiz "Avesto" ning yaratilganiga 3000 yil bo’lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oraligida, mana shu zaminda umrguzaronlik kilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir"1. Bu, ta’bir joiz bo’lsa shaklan diniy, mazmunan boshdan oyoq dunyoviy yozuvning qadr-qimmatini teran anglab, uning o’zbek yozma madaniyatining ilk sarchashmalaridan biri sifatida Xorazmda yaratilgan durdonaga yuksak baho berib, yana bunday deb ezgan edi muallif: "Avesto" ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvoxlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi". I.A.Karimov yuqorida qayd etilgan asarida juda o’rinli qayd qilganidek, Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Bu o’rinda birinchi davlat tashkyal topgandan keyingi "yozma tarix" nazarda tutilgan. Yunon, Xitoy tarixchi sayyohlari o’z xotiralarqtsa yozib qoldirgan,keyin Zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarixiy dalillar goyat o’rinli tarzda nazarda tutilgan. Xorazmda o’troq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan; davlat esa uning maxsuli tarzida tashkil topgan. Bu haqda bundan taxminan 3 ming yil avval yaratilgan "Avesto"ning qo’lyozmasi, binobarin, yozma tarixning ilk debochasi ishonchli dalolat bergan. Yuqorida qayd qilganimizdek, yurtboshimiz "Avesto" Xorazmdek qadimiy o’lkada buyuk davlat, boy ma’naviyat, qimmatli madaniyat yodgorligi ekanligi hech kim inkor eta olmasligi ham ta’kidlagan. Zardushtning diniy islohotini tushunish uchun o’sha davr Turonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va siyosiy vaziyatni e’tiborga olish kerak. Gap shundaki, Turon iqlimining kontinental, ya’ni nisbatan mo‘tadilligi, geografik jihatdan ikki katta qit’a o’rtasida, Amu va Sir daryolari oralig’ida joylashgani sababli savdo-sotiqning kuchayishi bu mintaqada sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik ertaroq vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Xuddi shu tarixiy davrda hunarmandchilik va ovchilik ham anchagaina rivojlangan. Bu hududda yilqichilikning rivojlanishi, ayniqsa Farg’ona vodiysida qorabayir zotiga o’xshash otlar boqish keng ko’lam olgani ham ijtimoiy hayotda katta rol o’ynagan. Buning ustiga mis va qo’rg’oshin konlariga boy bo’lgan Oltoyning yaqinligi bu erda temirchilik, misgarlik rivojiga asos bo’lgan. Zardusht yashagan davrda o’troklik hayoti afzallign yaqkol namoyon bo’lgan. Ammo unga qabilalar o’rtasidaga qirganbarot urushlar raxna solayotgan edi. Urushlar ko’pincha har bir qabila va elatning o’z xudolariga ko’plab qurbonliklar qilish odatlari zaminida ham yuzaga kelardi. O’z davrining kohinlari, sexrgarlari va mo‘tabar qariyalari bilan keng munozaralar olib borgan Zardusht yuqoridagi odatlarni bartaraf etish va halkdarga tinch mehnat bilan shug’ullanish imkonini yaratish uchun ko’p xudolik e’tiqodlariga va otashparastlikka barham berib, yakkaxudolikka sig’inishni targib etish deb bilgan va shu vazifani bajargan. Shunday qilib, Zardushtiylik eradan avvalgi VII-VI asrlarga xos bo’lgan din sifatida undan oldingi urug’-qabilachilik dinlari negizida paydo bo’lgan yakka xudolik dini bo’lgan. U eramizning to VII-IX asrlargacha turli shakdda davom etib, so’ngra uning o’rnini islom egallagan. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, Yaqin va O’rta Sharqgacha tarqalib, ayrim asoratlari haligacha sakdanib kelmoqda. Download 32.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling