4 asoslari (substantsiyasi) - tuproq, suv, havo, olov muqaddaslashtirilgan. Tuproq, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish eng og’ir gunohlar qatoriga qo’shilgan. Hatto marhumlarning murdalari yerni, suvni, havoni zaharlab qo’ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlarda ko’mish rasm bo’lgan. Oxuramazda "yerga yaxshi, mustahkam urug’lar sepishdan ortiq savob ish yo’q", degan. Xudoning bu aytganiga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki yuzlab jonivorni qurbonlikka so’yishdan afzal qisoblangan. Ekin ekish erdagi yovuzlikka barham berish, hisoblangan. "Odam go’zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, -deyilgan bashoratlarda, - kimki erga urug’ qadabdi, u odamiylikka iymon keltiradi, shu yulgina yagona haqiqat bo’lib, qolgani sarobdir. Zardushtiylikning vazmin, musiqa bilan uyg’unlashib ketgan dono o’gitlari ona zaminga, dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilikka va Vatanga, xalqqa ulug’ muhabbat ruhi bilan uyg’unlashib ketgan. Bu hol unda diniy mazmunga qaraganda dunyoviy elementlar ko’p bo’lganidan dalolat beradi. Zardushtiylikning barcha marosimlari, jumladan, Navro’z, Mehrjon bayramlari tantanalarida bu ruh ayniksa ulkan qudrat bilan namoyon bo’lgan. Boychechakning chiqishi, lolaqizg’aldoqning ochilishi, bodomning gullashi, umuman bahor bilan birga tabiatning go’zallashib borishi ezgulik ruhining tantanasi bo’lib, ularning har biri kata shodiyonalikka sabab bo’lgan. Odamlar tabiatning bu go’zalliklarini muqaddas bilib, ularni xalq bayramlari va sayillariga aylantirib yuborganlar. "Avesto" ning Gat klsmida odamlar halol mehnat qilishga o’z ko’li hunari bilan moddiy ne’matni yaratishga, boqimanda, tekinxo’r bo’lmaslikka, bularga yo’l qo’ymay vijdonan yashashga da’vat etilgan. Bu da’vatlarning hozir barcha kishilar, ayniqsa talabalar uchun ham foydasi katta. Zardushtiylikda diniy dasturlar haqidaga g’oyalar bilan birga real, dunyoviy, hozir ham foydali nasihat, tavsiya, cheklash, ta’kidlash, rag’batlantirishga doir ugit va da’vatlar ko’p bo’lgan. Ulardan hozirgi mustaqilligimiz davrida ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |