3-Mavzu”Tafakkur


Download 108.84 Kb.
bet4/19
Sana21.04.2023
Hajmi108.84 Kb.
#1369560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3-Maruza SBT

Abstraktsiya - shunday fikr tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Abstraktsiya jarayonida ob’ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o’zi tafakkurning mustaqil ob’ekti bo’lib qoladi. Abstraktsiya operatsiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to’g’risida emas, balki devorning oqligi to’g’risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov ba’zi planetalar, ayrim tosh va hokazolarning ko’z o’ngilarida yoritishni kuzata turib ularning bitta umumiy belgisini, ya’ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to’g’risida mulohaza yuritiladi.
Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan taqqoslash paytida ham abstraktsiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va hodisalarning mavjud belgilariga, masalan tusiga, shakliga, tezligiga, og’irligiga, qiymatiga va shu kabi o’xshash sifatlarga qarab taqqoslanadi.
Abstraktsiya operatsiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi.
Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, o’xshash muhim belgilarning shu narsalar to’g’risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo’yicha yagona yo’nalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga bo’lib o’rganadilar. SHuningdek, maktab ta’limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish to’g’risida olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar. S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov tomonidan ta’limda nazariy jihatdan umumlashtirish usulini yoqlab chiqsalar, N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiylar ham nazariy, ham amaliy usulni qo’llashni tavsiya etmoqdalar. Ammo o’quv faoliyatining turli-tumanligi dars jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqazo qiladi.
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo’llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko’proq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar ob’ektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. Hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto’g’ri umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta’kidlab kelmoqdalar. O’quvchi va talaba ba’zan predmetlarni muhim bo’lmagan belgisiga asoslanib noto’g’ri umumlashtiradilar, vaholanki, topshiriq shartida bu talab ular oldiga mutlaqo qo’yilmaydi. Lekin bu nazariyaning himoyachilari noto’g’ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar.
Umumlashtirish, abstraktsiyalash operatsiyasidan ajralgan holda sodir bo’lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraktsiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraktsiyasiz mavjud bo’lishi mumkin, lekin abstraktsiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Agar abstraktsiyalash faoliyatida narsa va hodisalarning o’xshash hamda muhim belgilari tasodif belgilardan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan o’xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar birlashtiriladi.
Umumlashtirish jarayoni so’z ta’sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar tizimiga asoslanadi. Akademik I.P.Pavlov fikricha, nutq signallari tufayli nerv faoliyatining yangi tamoyili abstraktsiyalash va shu bilan birga oldingi tizimning behisob signallarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o’z navbatida ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tag’in analiz va sintez qilinaveradi. Fikr yuritishning umumlashtirish operatsiyasi har xil asoslarga ko’ra turlarga bo’lib o’rganiladi. Umumlashtirishni mazmuniga ko’ra tushunchali umumlashtirish va yaqqol-ko’rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali umumlashtirish orqali ob’ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari bo’yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, ob’ektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo’ladi. Yaqqol-ko’rgazmali umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yaqqol belgilar bo’yicha umumlashtiriladi.

Download 108.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling