Debet 9690 «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar», 8410 «Emission daromad» Kredit 8610 « Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar» va 8620 «Sotib olingan xususiy imtiyozli aksiyalar».
Sotib olish qiymatidan past qiymatga qayta sotib olingan aksiyalar bekor qilinganda quyidagi yozuvlar qilinadi:
Debet 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar»
Kredit 8610 « Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar» va 8620 «Sotib olingan xususiy imtiyozli aksiyalar»
Debet 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar»
Kredit 9590 «Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar»
Hususiy kapitalning tarkibiy elementi bo‘lgan qo‘shilgan kapital quyidagi ikkita holatda vujudga kelishi mumkin:
Korxona aksiyalari nominal qiymatidan yuqori qiymatga sotilganda. Ushbu holatda sotish va nominal qiymatlar o‘rtasida vujudga kelgan farq emissiya daromadi deb ataladi. Ushbu daromad qo‘shilgan kapitalni tashkil etadi va maxsus 8410 “Emission daromad” schyotining kreditida pul mablag‘lari schyotlarining (5010,5110 va boshqalar) debeti bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. Emission daromad korxonalarning soliqga tortiladigan daromadiga kiritilmaydi. Kelgusida emission daromad aksiyalarni nominal qiymatidan past qiymatda sotishdan ko‘rilgan zararlarni, shuningdek sotib olingan xususiy aksiyalarini bekor qilishdan ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun ishlatiladi. Ushbu operatsiyalar “ 8410 “ Emission daromad” schyotining debetida, shuningdek 8610 “ Sotib olingan oddiy xususiy aksiyalar”, 8620 “ Sotib olingan imtiyozli xususiy aksiyalar” schyotlarining kreditida aks ettiriladi. Emission daromad sifatida to‘planib qolgan qo‘shilgan kapital faqatgina korxona tugatilishida taqsimlanmagan foydaga qo‘shiladi va ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |