9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar” –bu passiv va vaqtinchalik schyotda korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlarini hisobga olishda foydalanadilar. Schyotning kreditida olingan daromad yil maboynida to‘planib boradi, bunda mahsulotni sotish usuliga qarab turli schyotlar debetlanadi. Masalan, mahsulot naqd pulga sotilganda 5010 “Kassa” schyoti, mahsulot naqdsiz sotilganda esa 4010 “Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4110 “Maxsus ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar debetlanadi. Yil maboynida 9010 “ Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar” schyoti faqat kredit saldosiga ega bo‘ladi va bu saldo yil boshidan boshlab olingan daromad summasini ko‘rsatadi. Yil yakunida ushbu schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
9020 “Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar” - bu passiv va vaqtinchalik schyot asosan ulgurji va chakana savdo korxonalarida, shuningdek o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini firma magazinlari orqali sotadigan ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladi. Schyotning kreditida tovarlarni sotishdan olingan daromad yil maboynida to‘planib boradi, bunda tovarlarni sotish usuliga qarab 5010 “Kassa” schyoti, 4010 “Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4110 “Maxsus ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar debetlanadi. Yil maboynida 9020 “ Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar” schyoti faqat kredit saldosiga ega bo‘ladi va bu saldo yil boshidan boshlab olingan daromad summasini ko‘rsatadi. Yil yakunida ushbu schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |