Asosiy faoliyatga doir harajatlar deganda korxona ustavida belgilangan asosiy faoliyat bilan bog‘liq harajatlar tushuniladi. «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom» va 21son BHMS ga muvofiq korxonalarning asosiy faoliyati bilan bog‘liq harajatlarni, o‘z navbatida, quyidagi to‘rtta quyi guruhga ajratiladi:
Sotish tannarxiga kiritilgan harajatlar – bularga sotilgan mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning tannarxiga kiritilgan harajatlar kiradi.
Davr harajatlari –bularga mahsulotlarni (tovarlarni, ish va xizmatlarni) sotishga, korxonani ma’muriy-boshqaruviga va boshqa operatsion faoliyatiga doir harajatlar kiradi. Ushbu harajatlar ma’lum hisobot davrida yuz beradi, shuning uchun ular hisobot davri harajatlari deb ham ataladi.
Kelgusi davr harajatlari - bu korxonaning kelgusi asosiy faoliyatiga doir, lekinda hisobot davrida amalga oshirilgan harajatlari. Bunday harajatlarga oldindan to‘langan ijara haqlari, oldindan to‘langan xizmat haqlari va boshqa oldindan bo‘nak sifatidagi to‘lovlar kiradi.
Muddati uzaytirilgan harajatlar – bularga korxonaning kelgusi asosiy faoliyatiga doir, lekinda muddati bir yil va undan ko‘p muddatga uzaytirilgan harajatlari kiradi.
Asosiy bo‘lmagan faoliyatga doir harajatlar deganda bevosita asosiy faoliyatga taalluqli bo‘lmagan faoliyat turlari bilan bog‘liq harajatlar tushuniladi. Bunday harajatlar Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatga doir harajatlar va favqulotdagi zararlarga bo‘linadi.
Moliyaviy faoliyatga doir harajatlar deganda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish, valyuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni olish, uzoq muddatli ijaraga doir va boshqa moliyaviy faoliyatga taalluqli harajatlar tushuniladi. Bularga foizlar, salbiy kurs farqlari ko‘rinishidagi harajatlar va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |